Bank hisobi va audit


Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
2.Banklarning faktoring operatsiyalarini hisobi. 
Tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchilarning debitor qarzlarini sotib olish 
bilan bog’liq operatsiyalar faktoring operatsiyalar hisoblanadi. Faktoring 
operatsiyalari banklar tomonidan va maxsus tashkil etilgan faktoring 
kompaniyalari tomonidan o’zaro tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Faktoring operatsiyalarning maqsadi sotilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan 
xizmatlar uchun to’lovlarni faktoring kompaniyalari yoki bank mablag’lari 
hisobidan to’lash asosida muddati o’tgan to’lovlar va umidsiz qarzdorliklar 
miqdorini kamaytirishdan iboratdir. 


96 
Faktoring operatsiyalari bank tomonidan amalga oshirilganda banklarda 
maxsus bo’lim tashkil etiladi. Bankda faktoring operatsiyalari moliyaviy manbasi 
bo’lib bankning o’z mablag’lari, jalb etilgan va kredit mablag’lar hisoblanadi.
Bank sotilgan tovar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov summasini 
zudlik bilan to’lab berish maqsadida sotuvchidan to’lov talabnoma yoki schet-
fakturada ko’rsatilgan summani diskont asosida sotib oladi va debitorga nisbatan 
barcha huquqni o’ziga o’tkazadi. Bank to’lov hujjatlarni sotib olishda asosiy 
e’tiborni sotib oluvchining moliyaviy barqarorligi, uning tovar yoki xizmatlarining 
sifati va bozordagi jozibadorligiga e’tibor qaratadi. 
Banklarda faktoring operatsiyalari ko’zda tutilmagan 90966-“Sotib olingan 
debitorlik qarzlari – Faktoring” hamda balansli 11101-“Sotib olingan debitorlik 
qarzlari – Faktoring” va 11103-“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” hisobvaraqlarida hisobga olib boriladi.
Masalan, bank faktoring shartnomasiga asosan sotuvchining 100,0 mln 
so’mlik to’lov talabnomasini 3,0 mln so’m diskont komission to’lov va 30 kundan 
keyin sotib oluvchidan to’lov sumasi tushishini nazarda tutib, sotib oldi va 
quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirdi (sotuvchi va sotib oluvchi shu 
bankning mijozi hisoblanadi). 
a). Balansli hisobvaraq bo’yicha: 
Debet 
11101– “Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
202XX– “Sotuvchining depozit hisobraqami” 
 
b). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: 
Debet 
90966–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
96331–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i” 
Sotib oluvchi to’lovni amalga oshirdi. 
a). Balansli hisob varaq bo’yicha: 
Debet 
202XX 
– 
“Sotib 
oluvchiningdepozit 
hisobraqami” 
100000000,0 
Kredit 
11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
45217 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari 
bo’yicha daromadlar – Faktoring” 
3000000,0 
v). Ko’zda tutilmagan hisobvaraq bo’yicha: 
Debet 
96331 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring bo’yicha kontr hisobvarag’i” 
97000000,0 
Kredit 
90966 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” 


97 
Sotib oluvchi faktoring shartnomasida ko’zda tutilgan muddatda to’lovni 
to’lay olmadi. 
a). Faktoring sumasi muddati o’tgan faktoring hisobvarag’iga o’tkaziladi: 
Debet 
11103–“Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik 
qarzlari – Faktoring” 
97000000,0 
Kredit 
11101 –“Sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” 
b). Bank faktoring operatsiyasi hisobidan yo’qotishi mumkin bo’lgan 
zararlarni qoplash bo’yicha zaxira shakllantirdi. Zaxira Markaziy bankning 
aktivlarni tasniflash bo’yicha joriy etilgan tegishli yo’riqnomasi asosida 
shakllantiriladi: 
Debet 
56814–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash” 
Kredit 
11199–“Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi” 
b). Bank faktoring summasini zararlarni qoplash bo’yicha shakllantirilgan 
zaxira hisobidan qopladi: 
Debet 
11199 – “Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring bo’yicha 
ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi” 
Kredit 
11103 – “Muddati o’tgan sotib olingan debitorlik qarzlari – 
Faktoring” 
Banklarda muddati o’tgan yoki to’lovchining moliyaviy beqarorlik holatiga 
tushib qolishi natijasida vujudga kelgan zararlar bank boshqaruv kengashining 
qarori asosida zararlarni qoplash hisobidan yopiladi va ushbu summa kelgusida 
undirib olish maqsadida bankning tegishli ko’zda tutilmagan hisobvaraqlarida 
hisobga olib boriladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin