Bank hisobi va audit


 Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

4. Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi. 
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalaridan biri anderrayting 
operatsiyalaridir. Anderrayting operatsiyalari – qimmatli qog‘ozlarni ularning 
birinchi egalariga sotish hamda emitent topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni 
so‘ndirish operatsiyalaridir.
Qimmatli qog‘ozlar emitentdan joylashtirish uchun olinganda quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 93616 - “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” 
yoki 
93623 - “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari” 
Kredit 96379 - “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho 
buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 
Emitentning qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishdan olingan pul 
mablag‘larining hisobi 22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan 
operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” balans hisobvarag‘ining “Qimmatli 
qog‘ozlarning chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq emitentlar 
mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarni ularning birinchi egalariga joylashtirishda
shuningdek, joylashtirilmagan qimmatli qog‘ozlarni emitentga qaytarishda 
qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bo‘yicha quyidagi buxgalteriya 
o‘tkazmasi amalga oshiriladi: 
Debet 96379 - “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho 
buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit 93616 - “Davlatning shartli tarzda saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlari” 
yoki 
93623 - “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”. 
Bank qimmatli qog‘ozlarni emitent topshirig‘iga asosan emitent mablag‘lari 
hisobiga so‘ndiradi. Emitentdan olingan mablag‘lar 22608 - “Mijozlarning 
qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha mablag‘lari” 
hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bo‘yicha emitentlarning 
mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli 
qog‘ozlari so‘ndirilganda, so‘ndirish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi 
amalga oshiriladi. 
Debet 22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar 


104 
bo‘yicha mablag‘lari” 
Kredit 10101 - “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i. 
Bir vaqtning o‘zida so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalari 90303 – 
“Davlatning qimmatli qog‘ozlari blankalari” va 96305 – “Davlatning qimmatli 
qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlariga 1 so‘m shartli bahoda kirim qilinadi. Boshqa tashkilot va 
muassasalarning qimmatli qog‘ozlari blankalari esa 90317 va 96315 ko‘zda 
tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Emitent topshirig‘iga ko‘ra 
so‘ndirilgan qimmatli qog‘ozlarning blankalarini emitentga o‘tkazishda teskari 
provodkalar o‘tkaziladi.
Anderrayting xizmatlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar 45294 - 
“Boshqa ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” 
hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
bank operatsiyalaridan olingan daromadlar” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida 
hisobga olinadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin