Bank hisobi va audit


Bankning nomoddiy aktivlari hisobi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
3.Bankning nomoddiy aktivlari hisobi. 
Nomoddiy aktivlar – bu moddiy va jismoniy shaklga ega bo‘lmagan foydali 
xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan bank xizmatlari ko‘rsatish va ma’muriy 
maqsadlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan aktivlardir. Nomoddiy aktivlarga 
patentlar, mualliflik huquqlari, savdo markalari, kompyuter dasturiy ta’minotlari, 
litsenziyalar kiradi. Sotib olingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymati bo‘yicha 
baholanadi va hisobga olnadi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 16601 hisobvaraq 
bo‘yicha yuritiladi. Nomoddiy aktivlarning analitik hisobi har bir nomoddiy 
aktivlar bo‘yicha olingan alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi. 
Nomoddiy aktivlar qiymatining oldindan to‘liq yoki qisman to‘lanishi 
quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun 
to‘langan mablag‘lar” 
Kredit 10301,16103 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijoz 
hisobvarag‘i” 
Aktivlar kelib tushganda: 
Debet 16601 – “Nomoddiy aktivlar” 
Kredit 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun 
to‘langan mablag‘lar” 
Agar bank nomoddiy aktivlar kelib tushgandan keyin to‘lovni amalga oshirsa, 
quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: 
Nomoddiy aktivlar kelib tushganda balansda quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet 16601 “Nomoddiy aktivlar” 
Kredit 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun 
to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi” 
Nomoddiy aktivlar qiymati to‘langanda: 
Debet 29802 “Ko‘rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun 
to‘lanadigan mablag‘lar hisob-kitobi” 
Kredit 10301,16103 – “Bankning vakillik hisobvarag‘i” 
Nomoddiy aktivlar bepul olinganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi 
rasmiylashtiriladi.
Bepul olingan nomoddiy aktivlar haqiqiy qiymatiga: 
Debet 16601 – “Nomoddiy aktivlar” 
Kredit 30905 “Tekinga olingan mulklar” 
Foydalanishdan to‘xtatilgan va hisobdan chiqarish uchun mo‘ljallangan 
nomoddiy aktivlarning hisobi, aktivning foydalanishdan chiqarish sanasidagi 
ularnig balans qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. 
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishda, qoldiq qiymat quyidagicha 
aniqlanadi: 
Jamg‘arilgan eskirish summasiga: 
Debet 16545 «Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi» (kontraktiv) 
Kredit 16601 «Nomoddiy aktivlar» 


122 
Ushbu nomoddiy aktiv bo‘yicha 31501-hisobvaraqda qolgan qoldiq 
summasiga: 
Debet 31501 “Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi 
qo‘shimcha qiymat” 
Kredit 31203 “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” 
Hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlar sotilayotganda quyidagi 
buxgalteriya provodkalari bajariladi: 
Nomoddiy aktivlar jo‘natilganday keyin xaridor tomonidan to‘lov amalga 
oshirilgan holda: 
Debet 19909 – “Ko‘rsatilgan xizmatlar va tovar-moddiy qimmatliklari uchun 
to‘langan mablag‘lar” 
Kredit 16601 “Nomoddiy aktivlar” 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin