Bank hisobi va audit



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
15-MAVZU.
 
BANK DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBI.
 
 
REJA: 
1.Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz 
daromadlari, ularning hisobi.
2.Bank xarajanlari va ularning turlari. Bankning foizli, foizsiz va
operatsion xarajatlari, ularning rasmiylatirilishi va hisobi. 
3.Tijorat banklari operatsion xarajatlari turlari, ularni hisoblash va 
hisobga olish tartibi. 
4. Bank faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi. 
 
Tayanch so‘z va iboralar:Sof foyda, bank daromadi, daromad manbalari
bank xarajati, Operatsion tsion xarajatlar, sof foyda, prezentasiya, sug‘urta va 
soliqlar, foizli daromadlar, foizsiz daromadlar, foizli xarajatlar, taqsimlanmagan 
foyda. 
 
1.Bank daromadlari va ularning turlari. Bankning foizli va foizsiz
daromadlari, ularning hisobi. 
Tijorat banklarining daromadlari mijozlarga qisqa va uzoq muddatlarga 
berilgan kreditlar bo’yicha olinadigan foizlar, kreditlarning o‘z muddatida 
qaytarilmagani uchun mijozlardan shartnomada ko‘rsatilgani bo‘yicha olinadigan 
yuqori stavkadagi foizlardir. Banklarning bu daromadlari barcha daromadlarining 
asosiy qismini tashkil etadi.
Bundan tashqari, tijorat banklari mijozlariga talab qilinguncha saqlanadigan 
depozit hisobvaraqlari, muddatli, jamg‘armali depozit hisobvaraqlari, valuta va 
boshqa hisobvaraqlar ochadi va yuritadilar. Bu hisobvaraqlar bo‘yicha 
operasiyalarni amalga oshirish jarayonida mijozlarga turli xil xizmatlar ko‘rsatib 
tegishli ravishda haq oladilar. Bu xizmatlari uchun oladigan daromadlari 
ko‘pincha tijorat banki va mijoz o‘rtasida hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarga 
xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘zaro tuzilgan shartnomada belgilanadi. Shunday 
qilib, tijorat banklarning daromadlari va ularning manbalarini bank faoliyatiga 
qarab, tijorat banklari amalga oshiradigan operasiyalar nuqtayi nazaridan ko‘rib 
chiqish mumkin.
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasiga asosan bankning barcha 
daromadlarini foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo‘lish mumkin. 
Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun tijorat banklari hisobvaraqlar 
rejasining 4-bo‘limida bir qator asosiy va subhisobvaraqlar ochilgan. 


124 
Hisobvaraqlar rejasidagi daromadlar bo‘limining boshida quyidagi hisobvaraqlar 
keltirilgan:
40200 – O‘zR. Markaziy bankidagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar 
Bu hisobvaraq o‘z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi: 
40201 – O‘zR. Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli 
daromadlar 
40205 – Markaziy bankdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar 
Tijorat banklarining eng katta daromad manbayi qisqa va uzoq muddatli 
kreditlardan olingan foizli daromadlaridir.
Banklarda kreditlar bo‘yicha foizlar har kuni hisoblanadi va 16309 - 
«Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. 
Foizlar hisoblanganda, lekin hali undirilmagan holda quyidagi buxgalteriya 
provodkasi bajariladi:
Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 
Kredit 42xxx Mijozlarga berilgan qisqa muddatli kreditlardan olingan foizli 
daromadlar. 
42xxx – hisobvarag‘i to‘liq ravishda qisqa muddatli kredit qanday korxona 
yoki shaxslarga berilganiga qarab konkret belgilanadi. Masalan, qisqa muddatli 
kredit xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan bo‘lsa, ularga
foizli daromad hisoblansa, buxgalteriya provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Kredit 42602 Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan 
qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar 
Foizlar summasi undirilganda esa quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga 
oshiriladi.
Debet 20208 – Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab 
qilinguncha saqlanadigan depozitlari 
Kredit 16309 – Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 
Agan uzoq muddatli kredit yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan bo‘lsa: 
Debet 16309 Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 
Kredit 44100 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli 
kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar. 
Tijorat banklari qisqa va uzoq muddatli kreditlardan tashqari boshqa 
faoliyatdan ham daromad ko‘radi. Masalan, moliyaviy ijara, ya’ni lizing bo‘yicha, 
mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bilan 
amalga oshirilgan Repo operasiyalari bo‘yicha, bankning xususiy mulkini 
sotishdan va boshqa daromadlarni olishi mumkin.
Tijorat banklari mijozlarning naqd pulsiz hisob-kitob operasiyalarini, 
jumladan inkasso operasiyalarini bajaradi. Inkasso operasiyalarini bajarganlik 
uchun haq to‘langanda bu operasiya quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi asosida 
bajariladi: 
Debet 20200 – Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 


125 
Kredit 45257 – Mijozlarning inkasso operasiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan 
xizmatlari uchun olingan daromadlar. 
Shunday qilib, biz bank daromadlari va ularni hisobga olish bo‘yicha bir 
necha misollarni ko‘rib chiqdik. Bank juda ko‘plab operasiyalarni bajaradi va 
xizmatlar ko‘rsatadi, buning natijasida daromad oladi. Banklarning daromadlari va 
ularning turlari bo‘yicha operasiyalarni batafsil bilish uchun tijorat banklarining 
hisobvaraqlar rejasini olib uning 4-bo‘limini o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. 
Bunda to‘lanadigan hisobvaraqlar debetlanadi, bankning tegishli daromad 
hisobvrag‘i kreditlanadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin