Bank hisobi va audit


O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/175
tarix22.12.2022
ölçüsü1,89 Mb.
#121664
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175
Banklarda buxgalteriya hisobi [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
6. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham 
tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona 
hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi 
yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar 
rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. 
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy 
bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga 
bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi 
hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi 
Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan 
boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, 


15 
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar bank 
balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.
Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limida, 
shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib 
olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy 
bankning 
obligatsiyalari, 
davlat 
budjetining 
daromadlar 
va 
xarajatlari 
hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda
“E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar 
ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo‘limida, ya’ni “Kapital” 
bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va 
imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar 
rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi. 
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga 
tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida 
hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki 
hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday 
xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat 
bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi 
oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, 
passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida 
bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni: 
I bo‘lim 10000 – Aktivlar 
II bo‘lim 
20000 – Majburiyatlar 
III bo‘lim 30000 – Kapital 
IV bo‘lim 40000 – Daromadlar 
V bo‘lim 
50000 – Xarajatlar
VI bo‘lim 90000 – 
Ko‘zda 
tutilmagan 
holat 
bo‘yicha
(ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar 
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda 
– birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda 
joylashuvini osonlashtirish; 
– ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish; 
– uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish; 
–to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni 
ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib 
kodlashtirilgan.
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo‘linadi, har bir asosiy 
hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy 
hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi 
subschyotlarni o‘z ichiga oladi: 


16 
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar; 
10102 – zaxiradagi naqd pullar; 
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari
10107 – bankomatlardagi naqd pullar; 
10109 – yo‘ldagi pullar; 
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar. 
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rib 
chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) 
depozitlardan boshlanadi: ya’ni, 
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda: 
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy 
hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi 
hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi: 
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib 
olinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari 
mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari; 
20204 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan 
tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan 
depozitlari; 
20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar. 
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy 
hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida 
sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining 
hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ular orqali mijozlarining hisob-
kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi. 
Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi 
shunday tartibda nomerlanadi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin