IV. Talabalar turar joyida yashashning umumiy qoidalari Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyida yashashning umumiy qoidalari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 1-noyabrdagi 1019-sonli buyrug‘i
bilan tasdiqlangan Oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasining Talaba
(о‘quvchi)lar turar joyi tо‘g‘risida namunaviy nizom bilan belgilanadi.
Oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasining Talaba (о‘quvchi)lar turar joyi tо‘g‘risida namunaviy NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasi Talaba
(о‘quvchi)lar turar joyi (keyingi о‘rinlarda turar joyi deb yuritiladi)da yashashning
umumiy qoidalari, oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasining
professor-о‘qituvchilari, talabalari (о‘quvchilari)ning huquq va majburiyatlari
hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Turar joyida talabalarning yashashi, о‘z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi
hamda sport, san’at va boshqa klublarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.
3. Turar joyi о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va Qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va qarorlariga,
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga,
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga,
О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari
buyruqlari, oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasi Ustavi, Kengashi
qarorlari, oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning
buyruqlari hamda mazkur nizomga muvofiq olib boradi.
4. Turar joyida yashovchilar О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tomonidan belgilangan qoidalar asosida vaqtincha ro‘yxatga olinadilar. Rо‘yxatga
olish ishlarini tashkil etish turar joyi rahbari tomonidan ta’minlanadi.
5. Turar joyiga oliy va о‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasi xodimlari
va talabalar (о‘quvchi)ning oila a’zolari hamda begona shaxslarni yashash uchun
ruxsat berish qat’iyan man etiladi.
6. Turar joyida yashaganlik uchun tо‘lov belgilash va uning miqdori oliy
ta’lim muassasasi hamda 11-sinf bazasida tо‘lov-shartnoma asosida о‘quvchilar
qabul qiladigan professional ta’lim muassasalarida pedagogik Kengash qarori bilan
belgilanadi. Tо‘liq davlat ta’minotida bо‘lgan kasb-hunar maktablari va akademik
litseylarda turar joyi uchun tо‘lov amalga oshirilmaydi.