70
23. Qabul
qiluvchi
oliy ta’lim muassasasida talaba tomonidan
o‘zlashtiriladigan o‘quv elementlarining to‘plami va ular oliy ta’lim muassasasining
ta’lim dasturiga integratsiya qilinganligi ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvda aniq
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Qabul qiluvchi oliy ta’lim
muassasasida
o‘zlashtiriladigan kreditlar miqdori xorijda o‘qish davriga (3 – 6 oy yoki 1 – 3 yil)
mutanosib bo‘lishi kerak. Jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasi tomonidan mobillik
davrida talabaning o‘zlashtirgan (to‘liq yoki qisman) kreditlari tan olinadi. Talaba
jo‘natuvchi oliy ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, mobillik davrida to‘plangan
kreditlar miqdoridan kelib chiqqan holda amaldagi
tartib-qoidalar asosida uni
keyingi kursga o‘tkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi.
24. Oliy
ta’lim muassasasi akademik mobillik dasturi bo‘yicha
rejalashtirilgan ta’lim elementlarini o‘zlashtirish uchun talabani belgilangan shakl
asosida ro‘yxatdan o‘tkazadi va mobillik davrida ushbu elementlarni o‘zlashtirish
imkoniyatlari ta’minlanishi majburiyatini oladi.
25. Hamkor universitetlar, markazlar va tashkilotlar
bilan birgalikda ishlab
chiqilgan ta’lim dasturlari doirasida akademik mobillik uchun ta’lim to‘g‘risidagi
kelishuvlarni tuzish zarur hisoblanmaydi.
26. Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq akademik mobillik davrida
talabaning bilim darajasini aniqlovchi ko‘rsatkichlar oliy ta’lim muassasalarining
baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya
qilish jadvali asosida
qabul qilinadi.
27. Stajirovkani o‘tash bo‘yicha kelishuv talaba, oliy ta’lim muassasasi
va qabul qiluvchi tashkilot tomonidan uch tomonlama imzolanadi.
28. Stajirovka davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilgan
bilimlarning
oshkoraligini ta’minlash va ularni tasdiqlash maqsadida qabul qiluvchi muassasa
tomonidan stajirovkani o‘taganlik to‘g‘risida sertifikat beriladi.
Dostları ilə paylaş: