Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi


II. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/47
tarix22.12.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#121678
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
----------------------------------------------------

II. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning 
to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2012 yil
28 dekabrdagi 508-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat 
raqami 2431) Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning 
to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi 
nizom bilan belgilanadi. 
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-
kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi 
to‘g‘risidagi 
NIZOM 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur 
Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 
moliyalashtiriladigan ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. 
Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan oliy o‘quv 
yurtidan keyingi ta’lim tizimiga hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimiga, 
shuningdek harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi. 
2. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, ta’lim muassasalariga kontrakt asosida 
o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar 
Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hamda qabul 
kvotalaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish 
bo‘yicha Davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb 
yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi. 
3. Xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son “Xorijiy 
fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va 
o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 31-32-son, 304-modda) muvofiq kontrakt 
asosida amalga oshiriladi. 
Xorijiy fuqarolarni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul 
qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi
347-son “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi; 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 
O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 
bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. 


13 
4. Oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish 
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasiga asosan 
kontrakt asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin