A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti


Jismoniy tarbiya darsining sog‘lomlashtirish vazifalari



Yüklə 254,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix23.12.2022
ölçüsü254,46 Kb.
#121695
1   2   3   4   5   6   7
IuEpFZcWYcic6eApckjthw8PcgQagzbieUdZcVGc

Jismoniy tarbiya darsining sog‘lomlashtirish vazifalari ham tarbiya 
vazifalari kabi har bir darsda hal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri 
uyushtirish 
va 
o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan shug‘ullanishni, 
mashg‘ulotlarning joylarida zaruriy sanitariya-gigiena holatini saqlash va rioya 
qilish, darslarni ochiq havoda quyosh nuri, xavo namligi va boshqa vositalardan 
foydalanib o‘tkazilishi, sog‘lomlashtirish vazifalarini ijobiy hal etish imkoniyatini 
yaratadi. Sog‘lomlashtirish vazifalari tarbiyalash, bilim berish vazifalari bilan 
qorishtirilib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. 
Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko‘pincha o‘qituvchining tuzgan rejasini 
hayotiyligi, shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkillash uchun tanlagan usuliyati va 
uslublari mavjud jihozlar va sport anjomlaridan, texnik vositalardan, sport 
inshoatlaridan 
samarali 
foydalana 
olish, 
temperatura, 
iqlim 
sharoiti, 
o‘quvchilarning tayyorgarlgi, ularning yoshi, individual xususiyatlarini hisobga 
olib samarali foydalana olish bilan bog‘liq. 
Darsning tashkillanishi va uning ta’minlanganligi quyidagilarni nazarda 
tutadi: 
1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni;
2) moddiy-texnik jihatdan ta’minlashni;
3) darsda o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to‘g‘ri tanlash orqali 
qo‘yilgan vazifani samarali hal qilishni
Dars o‘tkazishning tibbiy-gigienik sharoiti darsda jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish jarayonida yuzaga keladigan, sog‘lomlashtirish effektidan kelib 
chiqadigan bir butun kompleksli tadbirlari gigienik sharoitdan kelib chiqadi. 


Mashg‘ulotlarni o‘tkazish joyining qat’iyyan belgilangan tibbiy-gigienik 
normalarga muvofiqlashtirish, sport zali uchun havo temperaturasi eng ma’qul 14-
16
0
c da bo‘lish, tanafuslarda ochiq maydonlarga suv sepilishi, sport zallarining esa 
oynalari ochilib shamollatilishi va boshqalar. Inson o‘pkasining normal havo 
ventilyasiyasi almashishi minutiga 4 dan 6 atrofida, yuqori intensivlikda 
bajarilayotgan mashqlarda (yugurish, sport o‘yinlari) organizmni havo yutishi 10 
va undan ortiq darajada bo‘lishi mumkin. Shuning uchun mashg‘ulot joylarini toza 
havo bilan ta’minlashning ahamiyati muhim.
Ayniqsa, zaldagi jihozlar, anjomlar, matlar (gilamlar), polning tozaligi doimiy 
diqqat va e’tiborni talab qiladi. Har bir darsdan so‘ng zal polini xo‘llangan pol latta 
bilan, namlangan latta bilan esa jihozlar, matlarni artib chiqish zaruriyati mavjud. 
Mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng esa shug‘ullanilgan joy tozalovni talab qiladi. 
Chunki tozalanmagan zal shug‘ullanuvchi sog‘ligiga katta zarar keltiradi, tanani, 
sport kiyimlarini kirlanishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 254,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin