A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy- tadqiqot instituti



Yüklə 254,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix23.12.2022
ölçüsü254,46 Kb.
#121695
1   2   3   4   5   6   7
IuEpFZcWYcic6eApckjthw8PcgQagzbieUdZcVGc

Maktab sport to`garaklari. Umumiy ta’lim maktablari va davlat ta’limining 
boshqa o‘rta va mahsus ta’limi tizimida sportning u yoki bu turi bilan sport 
mahoratini oshirish maqsadida shug‘ullanishni xohlovchilar uchun sport 
seksiyalari tashkillanadi. Sport seksiyalari maktab o‘quvchilaridan maktabdan 
tashqari sport muassasalarida shug‘ullanishni imkoniyati bo‘lmagan, sportning u 
yoki bu turida shug‘ullanishga nisbatan qobiliyatli o‘quvchilar uchun tashkillanadi. 
Seksiyani tuzishda shu seksiya uchun maktabdagi sharoit, uni tashkillash va olib 
borish uchun mutaxassis-o‘qituvchining mavjudligi hisobga olinadi.
Umumiy rahbarlik albatta maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari zimmasiga 
yuklatiladi. Zarur bo‘lsa, imkoniyat yo‘l qo‘ysa, jamoatchilik asosida o‘quvchilar 
bilan shug‘ullanishga qodir jamoatchi trenerlar, ota-onalar maktabning sport 
seksiyalari mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jalb qilinishi hozirgi kun jismoniy 
tarbiya jarayoni amaliyotida ma’lum. Yuqoridagilardan tashqari hozirgi kunda 
katta sportni tark etgan mahorati yuqori sportchilar, BO‘SMlarining sport 
murabbiylari va ularda tarbiyalanuvchilar ham maktab sport seksiyasi faoliyatida 
ishtirok etishlari uchun zaruriy imkoniyatlar yaratilgan.
Maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘zlarining sport tayyorgarligi 
imkoniyatlaridan kelib chiqib, trenirovka mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar. Ayrim 
holatlarda maktabda pulli sport seksiyalarini tashkillashga ruhsat etiladi. 
Maktabdagi sport seksiyalarining umumiy soni MJTJsi kengashi, maktab 
pedagogika jamoasi kengashi va uning raisi maktab direktori tomonidan hal 
qilinadi.
Maktab sport seksiyasining tuzilishi. Har qanday sport seksiyasi o‘z 
faoliyatini shu seksiyaning byurosi faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali yo‘lga qo‘yadi. 
Mutaxassislikka oid umumiy va mahsus adabiyotlarda sport seksiyasining tuzilishi 
va uning faoliyati mazmuniga oid yetarli darajadagi o‘quv materiali berilgan. Har 
bir sport seksiyasida qayd qilingan tayyorlov, kichik, o‘rta, katta maktab 
yoshidagilar guruhlari bir nechtadan bo‘lishi mumkin.


O‘quvchilar uchun hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko‘nikmalarining 
zahirasini oshirish turistik sayohat hamda poxodlarda sodir bo‘ladi. Sinfdan 
tashqari ishlarning bunday shaklini yo‘lga qo‘yish uchun turizm ishida yordam 
beradigan yo‘riqchilarni tayyorlashning ahamiyati katta. Ularni tayyorlash turistlar 
klublari yoki turizm o‘tkazish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tganligi haqidagi 
guvohnomasi bo‘lgan maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga yuklatiladi. 
Yordamchi sifatida esa yuqori sinf o‘quvchilarini jalb qilib ulardan foydalanish 
mumkin. 

Yüklə 254,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin