6 AMALIY MASHG'ULOT
FV sodir holatlarda aholining birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Mashg'ulotning maqsadi: FV sodir bo`ganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo`yicha
bilim, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan asboblar, jihozlar, ko‘rgazmali
qurollar. Plakatlar, slaydlar, film, jugut, bog`lovlar, Immobilizatsiya vositalari.
Topshiriq:
1.Arteriya, vena, kapillyar, ichki qon ketishi
2.Qon ketganda birinchi tibbiy yordam berish amallarni bajarish.
3.Tayanch-harakat tizimi haqida umumiy tushuncha.
4. Travma (suyak singan)da o'ziga va o'zaro yordam ko'rsatish amallari bilan tanishish.
5. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish me`yorlarini bajarish
Umumiy tushuncha
Qon tomirlar yurak bilan birga qon yuradigan
sistemani tashkil etadi,
uni ishi tufayli
organizmda qon harakati ta'minlanib turiladi. Bunda xujayralar va to'qimalar qondan kislorod va
ular uchun kerakli oziq moddalarni oladi hamda qonga karbonat angidrid va ular hayoti faoliyati
protsessida yemirilgan mahsulotlarni ajratadi.
Yurakdan qon oqib keladigan tomirlar
arteriyalar deb aytiladi. Har bir arterial tarmoq asta-
sekin mayda tarmoqlarga bo'linadi va pirovardida juda ko'p mayda qon tomirlar -
kapillyarlarni
hosil qiladi. Ularning devoridan kislorod va oziqlantiruvchi moddalar qondan to'qimalarga o'tadi,
to'qimalardan esa qonga yemirilish mahsulotlari va karbonat angidrid tushadi. Kapillyarlar asta-
sekin birlashib vena qon tomirlarini hosil qiladi. Qon shular orqali yurakka (o'ng qorinchaga)
qaytadi. Bu doira katta qon aylanish doirasi deyiladi.
Yurakdan (o'ng qorinchadan) qon o'pkaga yo'l oladi, bu yerda karbonat angidridni qoldirib,
kislorodga to'yinadi va yurakning chap bo'limiga qaytadi. Bu doira
kichik qon aylanish doirasi
deyiladi.
Sog'lom odamda yurak urishi pulsining tezligi yurak urishi qisqarishi soniga mos keladi va
daqiqasiga 70-72 taga teng bo'ladi. Har qanday jarohatlanishda qon tomirlarga shikast yetadi, shu
sababli u qon oqishi bilan kechadi.