18
mustaqilligining kuchaytirilishi 2003 yilda О„zR Konstitusiyasiga tuzatishlar
kiritilishi
(
О„zRning "О„zRning Konstitusiyasiga о„zgartirish va qо„shimchalar kiritish tо„g„risida" gi
Qonuni // О„zR qonun hujjatlari tо„plami. 2003. 9-10-soi. 67-modda)
va ular asosida "О„zR VM
tо„g„risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bо„ldi.
Ijro hokimiyatini modernizatsiyalash maqsadida ilgari О„zR Prezidenti
egallagan VM Raisi lavozimi bekor qilindi. 2003 yilda О„zR Konstitusiyasidan
mamlakat Prezidenti bir paytning о„zida VM Raisi
hisoblanishini belgilovchi
norma chiqarib tashlandi. Qonunchilikdagi о„zgarishlarga muvofiq, Bosh vazir
nomzodini kо„rib chiqish va tasdiqlash OMning ikki palatasi vakolatiga kiradi.
О„zR Prezidenti OM palatalariga kо„rib chiqish va tasdiqlash uchun О„zR Bosh
vazirining nomzodini tavsiya qiladi.
OM tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda
О„zR Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va О„zR OMni
tarqatib yuboradi. 78-moddaga kiritilgan tuzatish OM palatalariga mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning
hisobotlarini eshitish va muhokama qilish vakolatlarining berilishini kо„zda tutadi.
Ushbu qoida ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini sezilardi
ravishda kengaytiradi.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahqamasi О„zR Prezidenti bilan kelishilgan
xolda OM palatalariga о„z vakolati davridagi faoliyat dasturini taqdim qiladi; О„zR
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yо„nalishlarini va unga kiritiladigan
о„zgarishlarni ishlab chiqadi hamda mamlakat parlamentiga kо„rib chiqish uchun
taqdim etadi.
Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, iqtisodiyotni
boshqarishning zamonaviy
bozor usullari shakllantirilayotgan, moddiy xujalik sohasining davlat tomonidan
tartibga solinishi tizimi takomillashib borgani sayin ijro hokimiyati organlarini
isloh qilish, jumladan, uning О„zR VM kabi oliy organlarning vakolatlari
mustaqilligini
kengaytirish, mas‟uliyatini oshirish bо„yicha shart-sharoitlar
yaratildi.
Davlat boshqaruvi islohotlarning ushbu bosqichidagi eng muhim natijalarni
boshqaruv tuzilmalari funksiyalarining о„zgarishi, ularning hokimiyatga xos,
tartibga soluvchi va nazorat vakolatlarining tо„xtatilishi va tubdan qisqartirilishi,
shuningdek, xо„jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga tо„g„ridan-tо„g„ri
aralashuv va tartibga solishga yо„l qо„ymaslik tashkil etadi. Ushbu bosqichda
viloyatlar,
tumanlar, shaharlar hokimliklari faoliyatining samaradorligini oshirish
va tarkibini takomillashtirish, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur
shart-sharoitlarni ta‟minlash bо„yicha chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek, huquqiy himoya tizimini
takomillashtirish va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy mas‟uliyatini
erkinlashtirishga yо„naltirilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Adliya organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni, 2005 yildan boshlab esa
prokuratura organlarini huquqiy himoyalash tizimi yaratildi. Ushbu choralar davlat
va
nazorat
organlarining
korxonalarning
moliyaviy-xо„jalik
faoliyatiga
aralashuvini tubdan qisqartirish va tadbirkorlik subyektlarining
iqtisodiy erkinlik
19
va huquqlarini jiddiy tarzda kengaytirishga olib keldi.
Tadbirkorlik va xususiy mulkni qо„llab-quvvatlash bо„yicha davlat organlari
tashkil qilindi, ushbu organlarning tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik va
xom ashyo resurslari bilan ta‟minlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi.
Ushbu davrda, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ijro hokimiyati markaziy
organlarining ayrim vakolatlari joylardagi davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga
о„tkazildi. Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni boshqarish, bozor usullariga
asoslangan, zamonaviy boshqaruv tamoyillarini hayotga keng joriy qilish choralari
amalga oshirildi, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi,
ma‟lum hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandligiga kо„maklashish, shu
jumladan, kasanachilikni yо„lga qо„yish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
2011 yili О„zR Konstitusiyasiga yangi tuzatishlar kiritildi
(
О„zRning "О„zR
Dostları ilə paylaş: