25
Konstitusiyaviy sudning barcha qarorlari, xulosalari va boshqa tо„xtamlari
ommaviy axborot vositalarida e‟lon qilinadi, shu paytdan kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud qarori uzil-kesil hisoblanib, shikoyat qilinmaydi. Lekin bu
Konstitusiyaviy sudning qarori umuman qayta kо„rib chiqilishi mumkin emas
ekan, degan ma‟noni anglatmaydi. Jumladan, "О„zRning Konstitusiyaviy sudi
tо„g„risida"gi Qonunning 58-moddasida Konstitusiyaviy sudning qarori, basharti,
qaror qabul qilish paytida Konstitusiyaviy sudga malum bо„lmagan yangi muhim
holatlar ochilib qolgan bо„lsa yoki ushbu qarorni qabul qilishda asos bо„lgan
konstitusiyaviy norma о„zgargan bо„lsa, о„z tashabbusi bilan qayta kо„rib chiqishi
mumkin. Konstitusiyaviy sud qarorida sud ishini yuritishning belgilangan tartibi
buzilgan holda qabul qilingan deb, e‟tirof etgan taqdirda ham qayta kо„rib
chiqilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: