29
mustaqilligi bо„yicha maxsus vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari ham alohida
e‟tirof etdi.
Sud
islohotlarining
ikkinchi
davri
asosiy
xususiyati
Prezident
SH.Mirziyoyevning 2017 yil 21 fevraldagi “О„zR sud tizimi tuzilmasini tubdan
takomillashtirish
va
faoliyati
samaradorligini
oshirish
chora-tadbirlari
tо„g„risida”gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida О„zR Oliy sudi va Oliy xо„jalik sudi birlashtirilib,
fuqarolik, jinoiy, ma‟muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud
hokimiyatining yagona oliy organi – О„zR Oliy sudi tashkil etildi. О„zR Oliy sudi
Harbiy hay‟ati, О„zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy
sudlar shtat birliklari
О„zR Qurolli Kuchlari tarkibidan О„zR Oliy sudi tizimiga о„tkazildi.
О„tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019 yilning о„zida 859 nafar fuqaroga
nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3 ming 81 nafar shaxs
sud zalidan ozod qilingan bо„lsa, 2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qо„yilgan
moddalar ayblovdan chiqarildi va о„zgartirildi.
Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta‟minlash borasida oqlov
hukmlarini chiqarayotgani,
hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta
yutug„imizdir. Men, Prezident sifatida, sudyalarning bunday jasorati va qat‟iyatini
bundan keyin ham tо„liq qо„llab-quvvatlayman.
Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e‟tirof etish bilan cheklanib
qolmasdan, nima sababdan sudgacha bо„lgan tergov jarayonida inson huquq va
erkinliklari buzilgan, degan savolni ham kо„ndalang qо„yadigan, tazyiqlar uchun
javob beradigan vaqt keldi.
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura
tomonidan chaqirib olib, о„rganish amaliyotini cheklash lozim.
Endi faqat ish
yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib о„rganishi
mumkin.
Sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan
intizomiy ish qо„zg„atish bо„yicha vakolatlarni qayta kо„rib chiqish kerak.
Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar
mustaqilligini ta‟minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq
nazoratida bо„ladi. Sud ostonasiga qadam qо„ygan har bir inson, О„zbekistonda
adolat hukm surayotganiga tо„la ishonch hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk
nemis faylasufi
Immanuil Kant aytganidek, “Adolat yо„qolgan paytda, hayotning
qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi”.
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. О„zbekistonda sudyalar
qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bо„lishi
lozim.
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi uch oy muddatda yuqorida
bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etishni nazarda tutadigan, qonun loyihasini
kiritsin.
Ikkinchidan, sud-huquq sohasiga doir asosiy
qonun va kodekslar bundan
deyarli 20-25 yil oldin qabul qilingan bо„lib, hozirgi davr talablariga javob
bermaydi.
30
Shu sababli parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual,
Jinoyat-ijro, Ma‟muriy javobgarlik tо„g„risidagi kodekslarni yangitdan qabul
qilishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada, avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson
huquqlari sohasidagi ilg„or standartlarni joriy etishga alohida e‟tibor qaratish
kerak.
2017 yil 13 iyun kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari
bilan uchrashuv о„tkazib nutq sо„zladi (“Qonun va adolat ustuvorligini ta‟minlash
– barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti”). Ma‟ruzada
sohani isloh qilish borasida qator vazifalar belgilandi.
Mazkur islohotlar
Prezidentimizning “О„zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan
takomillashtirish
va
faoliyati
samaradorligini
oshirish
chora-tadbirlari
tо„g„risida”gi (2017 yil 21 fevral), “О„zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi
Sudlar faoliyatini ta‟minlash departamenti ishini tashkil etish tо„g„risida”gi (2017
yil 10 aprel), “О„zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini shakllantirish
tо„g„risida”gi (2017 yil 10 aprel), “Odil sudlov saroyi” kompleksini tashkil etish
chora-tadbirlari tо„g„risida”gi (2017 yil 18 iyul), “Sud-huquq tizimini yanada
takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari
tо„g„risida”gi (2018 yil 13 iyul) Farmon va Qarorlarida о„z aksini topdi.
SH.Mirziyoyev Sud tizimini isloh qilish borasida OMga Murojaatnomasida
(28.12.2018) quyidagi fikrlarni bildirdi:
Birinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‟minlash
maqsadida, sudyalikka nomzodlarni tanlash va
tayinlash tizimini yanada
takomillashtirish lozim.
Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi
prinsipiga tо„liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini
ta‟minlash zarur.
Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash
vazifasini Sudyalar oliy kengashi tо„liq о„z zimmasiga olishi maqsadga
muvofiqdir. Bu borada jamoatchilik fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish
masalasi о„z ifodasini topishi zarur.
Dostları ilə paylaş: