Filologiyasi fakulteti qarshiyeva feruza zafar qizi bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix06.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122035
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
“mahbub ul-qulub” va “guliston” asarlaridagi aforizmlarning bmi

Qit’a: 
Nuh o‘g‘li bo‘lib yomonlar ila, 
Xonadoni atosi yo‘q bo‘ldi. 
Kahf ashobining iti necha kun, 
Yaxshilar orqasida mard bo‘ldi. 
 
“Mahbub ul-qulub” va “Guliston” asarlarida qo‘llanilgan aforizmlarni 
o‘rganish jarayonoida shuni kuzatish mumkinki, Navoiy haqiqatda Sa’diy ijodidan 
ta’sirlangan holda bu asarni yaratadi.
Har ikkala asrning kompozitsiyasiga qaraydigan bo‘lsak ham ularning 
o‘xshash ekanligini kuzatamiz. Masalan, bu asarlarning avvalgi boblari podshohlar 
zikriga bag‘ishlanadi. Har ikkala asarda ham xalqning turli ijtimoiy qatlamlariga 
mansub tabaqalarning odob-axloqi, jamiyatgagi o‘rinlari haqida mualliflar 
o‘zlarining xulosalarini islomiy qarashlar va qoidalar orqali bayon qilib o‘tadilar.


Asarlardagi hikmatlarni o‘rganish jarayonida ularni eng avvalo ikki 
guruhga ajratamiz: nasriy yo‘l bilan yozilgan aforizmlar va she’riy aforizmlar. 
She’riy yo‘l bilan yozilgan hikmatlar turli janrlarda keltiriladi: bayt, qit’a, 
masnaviy, ruboiy, fard, misra va boshqalar. 
Qit'a: 
Shaheki, sidqi aning Tengri birla tuz bo'lg'ay, 
Ne g'am aduvsi aning bir, yo'q ersa yuz bo'lg'ay. 
Kishiga Tengri berur fath, yo'qki xaylu sipoh, 
Pas e'timod anga aylamak ne so'z bo'lg'ay. 
“Mahbub ul-qulub” asarining birinchi bob, yettinchi fasli, “Fosiq va 
badmaosh, bahodirliq lofin urg‘onlar zikrida” deb nomlangan faslida keltirilgan bu 
qit’ada podshohlarga e’tiqodli bo‘lish nasihat qilinadi. Podshoh Tangri taologa 
sadoqatli bo'lsa, uning dushmani bir emas, yuzta bo'lsa ham, hech g'am yemasa 
bo'ladi. Kishiga fathni sipohlar xayli emas, Tangri beradi, shuning uchun sust 
e'timodli bo'lish yaramaydi. Bu aforizmda har bir ishning sababkori Allodan 
ekanligi va unga e’tiqoli inson doim niyatlariga yetishi takidlanadi.
Nasriy yo‘lda yozilgan aforizmlarda ham she’riy hikmatlardan kam 
bo‘lmagan ma’no-mazmun jamlangandir. Masalan Sa’diyning “Guliston” 
asarining muqaddimas qismida keltirilgan bu pandda vafo va vafodorlik 
ulug‘lanadi: 
Har nimirsaki bevafodir – muhabbat qo‘yishga noravodir. “Guliston”dan 
(15-bet.) 
 
“Mahbub ul-qulub” asarida ham xuddi shu mazmundagi aforizmni 
ko‘rishimiz mumkin. Asarning 25-tanbehi aynan shu mavzudadir: 


“Har nekim bebaqodir anga ko‘ngil bog‘lamoq xatodir.”
20
 
 
Ikkiala ijodkorda ham nasriy yo‘da yozilgan va bir xil o‘git berayotgan 
ushbu pandlani saj’ san’ati bilan bezagan holda keltiradilar. Bunday aforizmlar 
asarlarning qiyosiy tahlili jarayonida ko‘plab uchradi. 
“Mahbub ul-qulub” asarinig 121-tanbehi sir saqlash to‘g‘risida bo‘lib, 
sa’diyning “Guliston” asarida ham xuddi shnuday hikmatni ko‘rishimiz mumkin. 
Asarning sakkizinchi bobidan joy olgan dastlabki pandlardan birida shu mavzu 
ilgari suriladi.
Tanbeh 
(121).
Har kishini dema mahramu hamrozdurkim, bu mato’ olam ahlida ozdur. Bashar 
jinsin rozingg‘a mahram bilma, balki malakni ham o‘zungga mahram qilma. 
O‘zung asrardin agar sanga maloldur, yana birov ani asramoq maholdur. O‘z 
maxzaningni ochsang va maxfiy durlaringni sochsang, tergan kishi sepamay 
netkay va asra deb, mubolag‘a qilg‘oning ne yerga yetgay? O‘zung o‘z sirringni 
asray olmag‘oningni bilursen, yana birov ani fosh etsa, ayb ham qilursen. 
Bu sir asramog‘ingdin lavhashalloh va e’tiroz qilmog‘ingdin borakalloh!
Ko‘zni o‘z aybingdin olma va o‘zgalar aybig‘a ko‘z solma. 
Bayt: 
Biynandadur o‘lsa kishi o‘z aybig‘a hozir, 
Ko‘z ochma bo‘lurg‘a, yanalar aybig‘a nozir. 
 
Pand: Bir sirninki maxfiy qolmog‘in istar esang hech bir kishi bilan 
o‘rtag‘a qo‘ymagil, agarchi e’timodli bo‘lsa ham, zeroki hech bir kishi sening 
siring‘a sendin ziyoda achinguvchi bo‘lmas. 
Qitá: 
Rozi ko‘ngil go‘zalki samt andin, 
Deb kishig‘a, “dema”deb anga dog‘i. 
Bog‘la chashma boshidin suvniey salim, 
20
MQ 451 


To‘lsa chun mumkin emas bog‘lamogi, 
Fard: 
Suxaniki nihon demak bo‘lmas, 
Ul suxanni ayon demak bo‘lmas. (257-bet.) 
 
“Mol az baxiy osoyish umr ast, na umr az bahri gard karmoni mol.” 
Sa’diyning ijodida uchragan ushbu naqlni “Mahbub ul-qulub”ning 41-tanbehida 
uchratamiz. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin