Filologiyasi fakulteti qarshiyeva feruza zafar qizi bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix06.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#122035
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
“mahbub ul-qulub” va “guliston” asarlaridagi aforizmlarning bmi

Kim o‘lg‘ayki, kelgay tilu ilkidin, 
Ki chiqsa aning uhdai shukridin.
9
 
Ushbu baytdan so‘ng Sabr surasining 13- oyati keltiriladi va Alloh buyukligi va 
bandalarining shukrga chorlashi haqida so‘z yuritiladi.
Allohning buyurgani bilan sabo shamoli zumrad kabi chamanlarni yaratdi, 
doya kabi bahor bulutiga amr qildiki, nabot qizlarini yer beshigida tarbiyat qildi va 
daraxlarning bahorgi yashil ko‘rinishi yaraldi, gul ochuvchi daraxtlarning gullari 
bahor sabab chakkalariga taqildi, va yana Uning amri bilan asalarining qilgan 
qusig‘i bolga aylanadi, xurmo daraxtining jajji urug‘i ham Allohning mo‘jizasi 
sabab xurmo daraxti bo‘lib meva berdi. 
Shayx Sa’diy Payg‘ambarimizga shunday na’t keltiradi: 
“Hadisda kelmishdur, maxluqotning raisidin va mavjudotning mo bihil iftixoridin 
va ahli olamning rahmatidin va odam o‘g‘lining sarasidan va doirai zamonning 
tatimasidin Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamdur.” Bu so‘zlar
payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi va sallamning butun 
yaratiqlar ichida eng sarasi hisoblangan odamlar orasidan tanlangani va uning 
odam o‘g‘illari orasida ham eng sara ekanligi aytiladi. Bu ta’rifdan so‘ng 
keltirilgan baytning o‘zi payg‘ambarimizga keltirilgan eng yaxshi ta’rifdir: 
Bayt: 
Shofi’i ummat, ulug‘ payg‘ambari neki xisol, 
9
Саьдий Шерозий. Гулистои.. – Т.: ФАН нашриёти, 2015. 13– Б. (Bu va bundan keyingi iqtiboslar shu 
manbadan olinadi, sahifalar qavs ichida beriladi). 


Xo‘bsurat buzrugu pokizavu sohibjamol. 
 
Na g‘ami devor ummatlarga sandek bo‘lsa pushtibon, 
Na qo‘rqunchi dengizidin anga bo‘lsa Nuh kishtibon. (15-bet) 
 
Keyingi qismda “Guliston” kitobining yozilish sababi bayon qilinadi. Unda 
adibning behuda o‘tgan umriga achinib toat yo‘liga kirmoqchi va qolgan umrini 
toat-ibodatda o‘tkazmoqchi bo‘lganligi va do‘stlarining e’tirozlari bilan yana ular 
yoniga qaytishga majbur bo‘lganligi va umri davomida yig‘gan ilmidan 
foydalanib, “mutolaa qilganlarga safo, tinglaganlarga shifo baxsh etadigan” kitob 
yozishni maqsad qiliganligi bayon qilinadi. Yana shu qismda zamona hukmdori 
haqida so‘z yuritilib, kitobning shul zot va Ollohga bag‘ishlanganligi aytib o‘tiladi. 
Shu qismda Sa’diy kitobni sakkiz bobga ajratgani va boblarning nomi haqida 
aytilib, quyidagi masnaviy bilan yakunlanadi: 
Masnaviy : 
O‘shal muddatki, xushlik bizni topti, 
Ki hijriy olti yuz ellik olti. 
Murodimiz nasihat erdi, aytduk, 
Janobi Haqqa topshurdik ketduk. (29-bet) 
 
Dastlabki bob podshohlarning odati bayonida etiladi va qisqa bir 
hikoyat bilan boshlanadi. Bu bobda 41 ta hikoyat bo‘lib, ularda 
podshohlarning turli xislatlari ibratli tarzda tasvirlab beriladi. Hikoyatlar
ichida podhohlarga nasihat tarzida adolatli bo‘lish, karam va saxovatni 
mahkam tutish, hasad va johillikdan uzoqlashish, mazlumlarga jabr 
yetkazmaslik, askarlar va xalqning farovonligini taminlash va yana shu 
kabilar aytib o‘tiladi. Hikoyatlarda Sabuktagin, Fariddun, Zahhok, Hajjoji 
Yusuf, No‘shiravoni odil Iskandar Rumiy kabi hukmdorlar qahramon ifatida 
olinadi.


Bobda pand-nasihatlar turli janrlarda keltiriladi. Sa’diy o‘z 
nasihatlarini hikoyatlardan tashqari, 54 ta qit’a, 34 ta bayt, 14 ta masnaviy, 
4 ta fard, 3 ta ruboiy, 2 ta nazm va 2 ta she’rga jamlaydi. 
Bob Iskandar Rumiy haqidagi hikoyat va shu hikoyat mag‘zini ochib 
beruvchi bayt va qit’a bilan yakunlanadi. Unda Iskandarga savol beradilarki, 
“diyori mag‘rib va mashriqni nima birla zabt aylading? Zeroki avvalg‘i 
podshohlarning xazinalari, mulki va umri, askari mundin ziyoa erdi. Va 
alarg‘a mundog‘ bir fath muyassar bo‘lmadi edi. U shunday javob ayladi 
“Alloh taolloning inoyati bilan har mamlakatni zabt ayladim, aning xalqini 
ranjitmadim va podishohlarining nomini yaxshiligidan bo‘lak zikr 
etmadim.” 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin