2.2 - Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida O’rta Osiyoda etno-
madaniy o’zgarishlar.
O‘lkada Rossiya savdo - sotiq burjuaziyasining o‘lka iqtisodiyotini o‘z
manfaatlariga bo‘ysundirilishiga qaramay, Turkiston feodal biqiqlik va g‘aflat
uyqusidan uyg‘onib, o‘lkada ma’rifiy, siyosiy va milliy taraqqiyotga intilish
kayfiyati boshlandi. Milliy burjuaziya va uning ilg‘or ziyolilar qatlami - jadidlar
tarix maydoniga chiqsi. Ular Turkistondagi sotsial - iqtisodiy tub o‘zgarishlarni
kuzatib bordi va bu jarayonlar tepasida turishga intildi. Jadidlar keng xalq
ommasini ma’rifatli qilmaguncha jamiyat hayotida biror o‘zgarish qilish mumkin
emasligini birinchilar qatorida tushunib yetgan ijtimoiy harakatning tepasida turdi
va bu ishlarda namuna bo‘lishlik millatga xos fazilat deb bildilar. Shuning uchun
ular joylarda maktablar ochish, unga keng xalq ommasini tortish zarurligini
tushundilar.
Turkistonda yangi usul (jadid) maktablarini tashkil etishda Rossiya
musulmon maktablarining buyuk islohotchisi Ismoil Gaspirinskiy g‘oyasi asos
bo‘ldi. U Bog‘chasaroyda eski qiroat o‘qish usulidan farq qiluvchi, darslarni yengil
o‘zlashtirish usulida maktab ochib, o‘zi unda dars bergan, darsliklar yozgan. Uning
bu yangi usul maktabi va podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh
qiluvchi asarlari Turkiston jadidlari dunyoqarashiga o‘zining ijobiy ta’sirini
o‘tkazdi, Turkistonda ham yangi usul maktablarining ochilishiga turtki bo‘ldi.
47
XX asr boshida Munavvarqori Toshkentda o‘z hovlisida maktab ochadi.
Uning «Namuna» maktabi Turkistonliklar ichida mashhur bo‘lib ketdi. Yangi usul
maktablari butun Turkiston bo‘ylab keng yoyildi. Bundan Rossiya hukumati
tashvishga tushadi. Chunki, uning talabalari podsho Rossiyasi mustamlakachilik
siyosatini fosh etuvchi yangi siyosiy kuchga aylanmoqda edi. Yangi usul
maktablarida nafaqat ma’rifatparvarlik g‘oyalari, balki turkiy - islomiy huquqiy
merosni millat ichida keng yoyish, hurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol
g‘oyalari o‘qitilardi. Jadidlar XX asr boshida mustamlakachilik zaminini
zaiflashtiruvchi kuch sifatida tarix sahnasiga chiqqan edi.
Ma’rifiy va siyosiy yo‘nalishdagi bu o‘zgarishlar Rossiya amaldorlarini
tashvishga solmay qo‘ymas edi. Mustamlakachilarga mahalliy aholi orasida ham
ishonchli tayanch kerak edi. Jadid maktablari qatorida ma’muriyat tomonidan
mahalliy yoshlarni o‘qishga tortgan «rus - tuzem» maktablari tashkil etildi. Uning
nomidan ham ma’lumki, «rus - tuzem» maktablarida mahalliy bolalar rus bolalari
bilan aralashib birga o‘qiydilar. Mahalliy bolalar ikki soat aniq fan asoslarini rus
bolalari bilan birga o‘qisa, qolgan ikki soatda islom shariati, Qur’on va Hadisdan
ruslardan alohida dars oladilar. Shunday qilib, mahalliy yoshlar har ikki maktabda
ham dunyo bilan tanishadilar, ularning siyosiy ongi o‘sib boradi.
XX asr boshida Ovro‘pa taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgan edi. Osiyo esa,
jumladan, Turkiston ilm - fan amaliyoti va texnika taraqqiyotida orqada qolib
ketgandi. Bu hol ilg‘or fikrlovchi ziyolilar va mahalliy burjuaziyani tashvishga
solmoqda edi. Jaholat uyqusidan uyg‘onish tarixiy zaruriyatga aylangan edi.
Jadidlar bu ahvolni to‘g‘ri tushungan va vaziyatni to‘g‘ri tahlil etuvchi ulkan
ijtimoiy - siyosiy oqim, harakat edi.
Turkistonda jadidchilikni rivojlanishida Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy va
madaniy-mafkuraviy islohotlarning ta’siri ham kuchli bo‘lgan. Jadidlar o‘z
g‘oyalarini tashviqot qilish, avom xalq ommasini ko‘zini ochish yo‘lida gazeta va
jurnallar hamda bosmaxonalar tashkil qildilar («Sadoi Turkiston», «Sadoi
48
Farg‘ona», «Utro Ferganii», «Ferganskaya jizn», «Turkestanskiy kray»,
«Hurriyat», «Oyina», «Al-izoh» va boshqalar)
1
.
Jadidlarning faoliyati o‘lkada aholini milliy uyg‘onishga chorlab, podsho
Rossiyasi mustamlakachilarini tashvishga solib qo‘ydi. O‘lkada siyosiy vaziyatni
murakkablashtirib yubordi. Chunki, birinchi rus inqilobidan so‘ng ko‘pgina
xalqlar, jumladan Turkiston aholisi o‘rtasida ham siyosiy va madaniy erkinlikka
erishish umidlari paydo bo‘lgan edi. Ammo, dastlab jadidlar g‘oyaviy qurol qilib
olgan panturkizm umumturk olamini amalda birlashtira olmasligi aniq bo‘lib qoldi.
Siyosiy kurashlar rivojida an’anaviy turkchilikdan voz kechib, turkiychilik
(turkizm) g‘oyasini ilgari suruvchi yangi avlod maydonga chiqa boshladi. Bu yangi
avlod orasida Turkiston xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va madaniy birdamligi
asosida rivojlantirishga qaratilgan bir qancha milliy davlatlarni tashkil etish g‘oyasi
paydo bo‘ldi. Bu g‘oya tarafdorlari Turkistonni Turkiya himoyasidagi qandaydir
umumturk davlatning tarkibida emas, balki turkiy elatlarning o‘z taqdirini o‘zi
belgilash asosida tashkil topgan hududiy muxtor federatsiya tarzida ko‘rdilar.
O‘sha kezlarda bu ta’limotga mutlaqo zid boshqa ta’limot ham bor ediki,
uning asoschisi atoqli siyosiy va diniy arbob Jaloliddin al - Afg‘oniy edi. Al -
Afg‘oniy va uning safdoshlari 1888 yilda Rossiya musulmonlari bilan
uchrashuvlarida
islomni
isloh
qilish,
yangilash
haqida
emas,
balki
musulmonlarning fan va texnika yutuqlarini egallashlari hayotiy zaruriyat
ekanligini ta’kidladilar. Ular Sharq ham G‘arb bosib o‘tgan yo‘lni bosib o‘tadi,
buning uchun islom shiorlari musulmonlar dunyosida jipslashtiruvchi rolini
o‘ynashlari lozim, degan g‘oyalar bilan chiqadilar. Shiorlar musulmonlarni
umumiy dushman - mustamlakachilikka qarshi kurashda birlikka va birdamlikka
da’vat etardi. Ammo, shu bilan birga, bu g‘oya panislomizmni targ‘ib qiluvchi
musulmon xalqlarining milliy tafovutlarini inkor etib, butun jahon demokratik
teokratiyasi - «Imomat» g‘oyasini ham olg‘a surardi.
Panturkizm dastlab panislomizmga oshkora qarshi bo‘lmasa-da, biroq,
amalda panislomizm mafkurasi teokratik – klerikal - reaksion oqimlarni vujudga
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 275.
49
kelishiga yo‘l ochayotgan, musulmonlar dunyosida milliy mafkuraning paydo
bo‘lishiga va milliy o‘zlikni anglashga g‘ov bo‘layotgan ta’limot ekanligi ma’lum
bo‘lib qoldi. Hatto, panturkizm asoschilaridan biri Ziyo Go‘kqalp o‘zining
«Turkchilik asoslari» nomli asarida panislomizm musulmon xalqlarda «milliy o‘z -
o‘zini anglashga qarshilik ko‘rsatmokda, ularning taraqqiyotiga g‘ov bo‘lmoqda va
shu tariqa ularning mustaqil millatlar bo‘lishiga xalaqit bermoqda» deb ochiq
yozadi. Panislomistlar g‘oyasi ancha tor doirada, ya’ni Turkiston ruhoniylari,
mutaassib ziyolilar, savdo burjuaziyasi hamda dehqonlar o‘rtasida ommalashgan
edi. Umumturk g‘oyasiga Turkiston ziyolilari va burjuaziyasining ancha tor doirasi
xayrixohlik bildirar edi. Ammo, turkizm namoyandalari Turkistonning ijtimoiy
hayot maydoniga madaniy - ma’rifiy harakat sifatida, ta’lim tizimini isloh qilishni
maqsad qilib qo‘ygan jadidlar edi.
Ular safida vujudga kelayotgan yosh milliy ziyolilar namoyandalari,
musulmon ruhoniylarining ilg‘or otryadi, savdogarlar, diniy maktab muallimlari va
talabalar, mayda amaldorlar, ilg‘or noshirlar, yozuvchi va jurnalistlar edi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulvohid
Burxonov, Fayzulla Xo‘jaev, Abdulla Qodiriy, Ubaydulla Xo‘jaev, Munavvarqori,
Polvonniyoz Hoji Yusupov, Tavallolar jadidlarning eng taniqli namoyandalari
bo‘lib, ular o‘zlarini «Taraqqiyparvarlar» deb ataganlar. Ularning ma’rifatchilik
dasturida tabiiy fanlar asoslari o‘qitiladigan maktablar ochish, gazeta va jurnallar
nashr etish, xalkda taraqqiyot, ilm sari intilishni uyg‘otish va ularning barchasini
insoniyat hayoti bilan bog‘lash amaliyoti yotar edi
1
.
Ilg‘or mamlakatlar ta’sirida monarxiyaga asoslangan Buxoro va Xiva
davlatlarida ham jamiyatni yangilash uchun islohotchilik harakati boshlanib ketdi.
Bu harakat tepasida Buxoro va Xivaning demokratik ruxdagi yosh ziyolilari turar
edi. Biroq, ular (ya’ni «yosh buxoroliklar», «yosh xivaliklar») Turkiston
jadidlaridan farqli o‘laroq, taktika sohasida mo‘’tadil islohotlar o‘tkazish
tarafdorlari bo‘lib, ularning pirovard maqsadi konstitutsion monarxiya edi. Biroq,
«yosh buxoroliklar» va «yosh xivaliklar»ning ana shu o‘rtamiyona talablari ham
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 276.
50
qattiq qarshilikka uchraydi, nihoyat ular o‘ta maxfiy ishlashga o‘tib, o‘z
faoliyatlarini davom ettiradilar. Monarxiya tartibi Buxoro va Xivada kuchli edi.
Amir va xonlar, qabila sardorlari cheklanmagan hokimiyatga ega edilar. Musulmon
ruhoniylari monarxiya tartibining muqaddasligi va ilohiyligiga ishonch
tug‘dirishga harakat qilardilar. Ammo, «yosh buxoroliklar» va «yosh xivaliklar»
xalq orasida tegishli mavqega ega emasliklari tufayli chetdan, ya’ni Rossiya,
Turkiston general - gubernatorligi, hatto, rus fuqarolaridan yordam so‘rashga
majbur bo‘lganlar.
Podsho Rossiyasining Buxoro va Xiva ustidan yarim asrlik hukmronligi bu
zamin iqtisodiyotiga rus kapitalining kirib kelishiga keng imkoniyatlar ochdi. O‘rta
Osiyo va Zakaspiy temir yo‘lining qurilishi bu jarayonni yanada tezlashtirdi.
Buxoro va Xiva hududlarida ham rus kapitalining zavod va fabrikalari, banklari va
savdo firmalari paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, bu zaminga Rossiya fuqarolari -
amaldorlar, savdogarlar, sanoatchilar, ishchilar, Rossiya harbiy gornizonlarining
zobitlari, askarlar, xristian ruhoniylari kelib o‘rnashib, temir yo‘l yoqalarida va
daryo pristanlarida rus qishloqlarini tarkib topishiga, ko‘p hollarda u
qishloqlarning shaharlarga aylanishiga olib keladi. Masalan, Yangi Buxoro, Yangi
Chorjo‘y, Kerki, Yangi Termiz, Yangi Urganch va boshqalar shular jumlasiga
kiradi. Bu yangi zamon talablari asosida tarkib topgan shahar va shaharmonand
qishloqlar Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlarida tarkib topgan rus
kapitalizmi va mustamlakachiligining tayanchlari edi. Shunday qilib, yangilikka
intilish, an’anaviy hayot va turmush tarzidan uzoqlashish va jahonda yuz
berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarga tortilish nafaqat
Turkistonda, balki asta - sekin Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham yuz bera
boshlagan.
Shunday qilib, mustamlaka Turkistonda, shuningdek, yarim mustamlaka
Xiva xonligi va Buxoro amirligida, ayniqsa Turkiston harbiy gubernasi iqtisodiy
va siyosiy hamda etnomadaniy hayotida yuz bergan o‘zgarishlarning barchasi
ishlab chiqarishda individual qo‘l mehnatini sindirdi, mahsulot ishlab
chiqarishning qator jabhalarida tovar ishlab chiqarish ommaviy xarakter tusini oldi.
51
Bu esa, jamiyat iqtisodiy va siyosiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz berishiga olib
keldi. Ammo, O‘rta Osiyo iqtisodiy hayotida yuz berayotgan bu o‘zgarishlar
ajnabiy mustamlakachilar foydasiga ishlar edi. Biroq, mahalliy aholi, birinchi
navbatda, ishbilarmon mulkdor tadbirkorlarimiz ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan bu
o‘zgarishlar, ularning mafkuraviy dunyosida ham tub o‘zgarishlar yuz berishiga
olib keldi, ya’ni ular orasida yangilikka intilish kayfiyati tug‘ildi, keng xalq
ommasi orasida o‘zlikni anglash his - tuygulari kuchayib, milliy burjuaziyaning
vujudga kelishiga olib keldi. Ona Vatan va uning tabiati, boyliklariga munosabat
o‘zgardi.
1
Natijada mahalliy ishbilarmon mulkdor tadbirkorlar hisobiga milliy
burjuaziyaning ishlab chiqarish sanoat korxona egalari paydo bo‘ldi. Biroq,
mustamlakachilar keng xalq ommasini, hattoki tug‘ilib kelayotgan milliy
burjuaziyani ham iqtisodiy va siyosiy haq - huquq jihatidan har tomonlama qisib
qo‘ygan edi.
Vaziyatdan kelib chiqib, mahalliy mulkdorlar o‘z farzandlari, yaqinlari va
qo‘l ostidagi tirishqoq xizmatchilarini xorijiy mamlakatlarga fan va texnika
yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida o‘qishga yubora boshladilar. Milliy
burjuaziyaning bu tashabbusi oqibatida Turkistonda taraqkiyparvarlar (jadidchilik)
harakati avj oldi. Ularning faoliyati bilan bog‘liq barcha sa’y - harakatlar (xalq
ommasini savodxon qilish, ular orasida ma’rifat tarqatish, siyosiy hokimiyat uchun
kurash va boshqalar) uzoq asrlar davomida feodal biqiqlikda yashab kelgan o‘zbek
xalqining milliy uyg‘onishi, o‘zlikni anglash his - tuyg‘ularining mavj urishi,
millat bo‘lib uyushishi sari intilishi bilan bog‘liq edi.
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 520.
52
Xulosa
Har bir elat ma’lum tarixiy davrda shakllangan. Shu davr ichida bir hududda
yashovchi elatlar yoki ularning ayrim guruxlari bir - birlari bilan doimiy iqtisodiy
va madaniy jihatdan yaqinlashadilar. Ularning o‘zaro yaqinlashish jarayoni
ko‘pincha bir tilda gapiruvchi qavm - qarindosh, yurtdoshlar orasida mavjud
bo‘lgan. Etnik jarayonga shu xududda qadimdan yashab kelgan yoki boshqa
viloyat, mamlakatlardan ko‘chib kelgan (migrantlar) etnoslar yoki ayrim etnik
guruxlar ham faol qatnashishlari mumkin bo‘lgan.
Etnoslarning o‘zaro yaqinlashish jarayonida ma’lum bir etnik guruh yoki
komponent yetakchi rol o‘ynaydi; boshqa etnik guruxlar shu yetakchi guruh
atrofida bo‘lib, u bilan til va madaniyat jihatidan yaqinlashib, jipslashib boradi.
Ammo etnoslarning yaqinlashishi, ularning jipslashishi hamma vaqt ham
muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Mamlakatda sodir bo‘lgan siyosiy vaziyatlar, ichki
nizolar, o‘zaro kurashlar etnoslarni bir - birlari bilan yaqinlashishi, jipslashish
(konsolidatsiya) jarayonini nihoyasiga yetmasdan tarqalib ketish hollari ham
tarixda oz bo‘lmagan.
Movarounnahrga ko‘chib kelgan etnoslar bir necha yillar davomida (yarim
ko‘chmanchilik va yarim o‘troqlikka xos an’anaviy hayotlarini davom qilib) qabila
va urug‘larga bo‘linishi tartibini saqlab qoladilar. Urug‘ o‘z navbatida bir qancha
53
katta va kichik oilalardan tashqil topgan. Qavm - qarindoshlik guruxlari bir yoki
bir necha ovulni tashqil qilgan.
Qabila urug‘chilik tartibi hamma vaqt ham bir xilda, bir tartibda saqlanib
qolmagan. Tartib vaqt - vaqti bilan buzulib, ayrim etnik guruxlar qabila va urug‘
tarkibidan chiqib boshqa qabila va urug‘larga qo‘shilib ketish hollari ham oz
bo‘lmagan. Bu jarayon, o‘z navbatida, jamoa hayotida mavjud o‘zaro
munosabatlarni qavm - qarindoshchilik asosida emas, qo‘ni - qo‘shnichilik asosida
olib borilishni kuchaytirgan.
Ko‘chib kelgan qabilalar bilan Movarounnahrning turg‘un aholisi o‘rtasidagi
farq sezilarli darajada saqlanib qolgan edi. Qabilalarning moddiy hayotida,
xo‘jaligida va turmush tarzlarida o‘tmishdagi ko‘chmanchilik asoratlari sezilarli
darajada bo‘lgan. Ular islom dinini qabul qilgan bo‘lsalar ham, lekin islomgacha
bo‘lgan diniy e’tiqod izlari hanuzgacha sezilarli darajada saqlanib qolgan edi.
Olimning fikricha, faqat vohalardan uzoqda, cho‘llarda yashovchi chorvador
qabilalarning tilida o‘zga so‘zlar (so‘g‘d - tojik, arab va boshqa) aralashmagan
bo‘lishi mumkin. Vohalarda va qishloqlarda yashovchi barcha etnoslarning tilida
o‘zgarish katta bo‘lgan.
Mazkur ishda, asosan Movarounnahrda va Xorazmda taraqqiy etgan
madaniyatning ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga bo‘lgan ta’sir doirasini
aniqlash, ularning madaniy darajasi o‘sib, o‘troq aholining taraqqiy etgan
madaniyatiga yaqinlashib borishi va nihoyat har ikkala etnik komponentlarning
turg‘un turkiyzabon aholi va ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi, yarim o‘troq
chorvadorlarni birlashishi tufayli elat bo‘lib shakllanish jarayonini tezlashishi va
boshqa masalalar yoritildi.
Ma’lumki, ilk o‘rta asrning oxirlarida Movarounnahrda va Xorazmda shahar
va qishloq madaniyati oldingi asrlarga nisbatan birmuncha taraqqiy etgan.
Voha atroflaridagi cho‘llarda yashovchi ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi
qabilalarga turg‘un aholining ta’siri madaniy jihatdan kuchli bo‘lgan. Turg‘un
aholining ta’siri natijasida IX—X asrlarda chorvador qabilalarning salmoqli qismi
o‘troqlashgan edi.
54
Shahar aholisining ta’siri bilan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholida
ham ilm fanga intilish ishtiyoqi tug‘iladi; yuqori tabaqadagi oilalarda o‘g‘illarni
o‘qitish, savodli qilish tuyg‘usi kuchaygan edi.
Movarounnahr va Xorazm turg‘un aholining madaniy ta’siri Sirdaryo
sohillarida, Yettisuvda va Sharqiy Turkistonda yashovchi turkiy aholiga ham
sezilarli darajada bo‘lgan. Bularning ta’sirida Sirdaryo sohillaridan Yettisuvda,
Sharqiy Turkistonda yashovchi axolini salmoqdi qismi o‘troqlashgan. Islom dinini
qabul qilgan, madaniy taraqqiyotga erishgan.
Xullas Markaziy Osiyo xududlarida yashovchi o‘troq aholi bilan
ko‘chmanchi qabilalar o‘rtasidagi madaniy va ijtimoiy aloqalar natijasida etnik
jarayon bir muncha jadallashib kolgan edi. Natijada IX—XII asrlarda chorvador
ko‘chmanchilarning qabilaviy tuzumida, turmush tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y
bergan. Ko‘chmanchi etnoslarda turg‘un hayot kechirishga intilish kuchayadi. Bu
jarayon o‘z navbatida ko‘chmanchilarning tabaqalanishini jadallashtiradi; oldingi
kabila uyushmalari va qabila ittifoqlari buziladi. Etnomadaniy jarayon jadallashuvi
o‘zbek elatini xalq sifatida shakillanishiga olib keldi va keyingi davrlarda esa uni
yanada jipslashuviga ta’sir ko‘rsatadi.
|