2-mavzu: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ijtimoiy pedagogika asoslari


Shaxs ongini shakilantirsh (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix10.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Maruza (3)

Shaxs ongini shakilantirsh (ishontirish) metodlariga quyidagilar kiradi: 
Hikoya, Nasihat,
Tushuntirish, О’git, 
Izohlash, Ko’rsatma 
Ma’ruza, Munozara,
Etik Suhbat, Namuna 


befarq qaramaydilar. 
Namuna. 0‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlami 
ko'rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. 
0‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna boTishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi 
kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib 
yuradilar. 
0‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilaming xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-
atvorlar bolalarda yaxshi sifatlaming, ba’zan esa yomon sifatlaming ham tarkib 
topishiga ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday 
holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida 
bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalaming so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak. 
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, 
xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy odatlami bartaraf 
etishga qaratilgan faoliyat metodi. 
0‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish- turishi, 
intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining 
kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. 
O‘z-o ‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq- atvorini tahlil 
qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat metodi. 
0‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish 
zarur. 0‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchmi bunga yetarli tayyorlash 
mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va 
tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini 
o‘rtoqlari, atrofdagilarnmg ko‘zi bilan ko'rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga 
intilishi lozim. 
Maktab amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida 
o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 
hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi 
ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur 
metoddan boshqa metodlaming ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi. 
Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko'rsatish asosida ularda 
ma’naviy-axloqiy sifatlami shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs-munozara usuli 
bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzularda o‘tkaziladi. 
Munozara turli nuqtai nazarlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum 
hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin