2-mavzu: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix10.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122110
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
2-Maruza (3)

Pedagogik talab turli xatti-harakatlami bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish 
jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor 
me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir. 
Pedagogik talab ma’lum harakatlami rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqmlik 
qiluvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlami bajarishga undovchi xarakterga 
ega bo‘lishi mumkin. 
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho 
berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglim ko‘tarish va uni qo‘llab-quwatlash 
metodidir. 0‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy 
o‘zgarishlami anglab olishi zarur. 
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. 0‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz 
turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish muinkin. 
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya 
uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar. vasiylar, jamoatchilik vakillari va 
boshqalar) oldida baho berish. Odanining eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-
nomus va sharm- hayodir. Insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, 
avvalo, o'zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. 
Bolalami tarbiyalashda shu his-tuyg‘ulami ehtiyotkorlik bilan o‘stilish lozim, lekin 
hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘mida 
foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. 
Tarbiya metodiarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi 
bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va 
samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u 
qo'Uanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. 
Tarbiya metodiarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bogiiq: 
1. 
Tarbiyaning maqsad va vazifaiari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
Maqsad nafaqat metodlami oqlaydi, balki ulami aniqlab beradi. Maqsad qanday 
bo‘lsa, unga erishish metodlari sliunga muvofiq bo‘lishi zarur. 

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin