Ingliz tili leksikasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix10.01.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#122127
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgansohalarini 
tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga ko’ra tafakkurningrivojlanishini bilish, 
tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholashdarajalarida bo’ladi. Bular quyidagi 


belgilar hamda har bir darajaga muvofiqfe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, 
jumladan: 
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni aytaoladi, 
aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkurdarajasiga 
muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish,axborotni yetkaza olish, 
aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniyolish, gapirib berish, takrorlash 
kabilardan iboratdir. 
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar,qoidalar, 
sxema, jadvallarni tushunadi.Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusioqibatlarni taxminiy 
tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiqfe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, 
yaqqollashtirish, belgilash,tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish
sharhlash,oydinlashtirishni talab etadi. 
Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqatan’anaviy 
emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g`riqo’llaydi. Bu 
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish,hisoblab chiqish, namoyish 
qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalgaoshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, 
hal etishni namoyon qiladi. 
Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ularo’rtasidagi 
o’zaro bog`liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarniko’radi, faktlar va 
oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarningahamiyatini baholaydi. Bu 
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:keltirib chiqarish, ajratish, 
tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish,bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, 
guruhlashdir. 
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi,biror tajriba 
o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.Ma’lumotni 
yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Butafakkur darajasiga muvofiq fe’llar 
namunalari: yangilik yaratish,umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, 
tizimlashtirish,kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalashdan iboratdir. 


Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ulargarioya 
qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjudma’lumotlarga 
mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagifarqlarni ajratadi. Bu 
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari:tashxislash, isbotlash, o’lchash, nazorat 
qilish, asoslash, ma’qullash, baholash,tekshirish, solishtirish, qiyoslash. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin