Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
kirib qamab qo‘yibdi. Ikki kun qotgan non burdalaridan boshqa hech nima bermabdi. 
Munisa menga fil tishlari singari oq badanidagi qizargan, ko‘kargan yerlarini ko‘rsatdi. 
Bular o‘sha kaltak izlari ekan. 
Men chidayolmay: 
— Otangning rahmi kelmaydimi senga, Munisa? — deb so‘radim. 
U mening soddaligimga hayron bo‘layotgandek, yuzimga tikilib qaradi, keyin kulimsi-
rab: 
— U ham menga achinadi, men unga... Nima qilaylik, ikkalamizning ham qo‘limizdan 
bir narsa kelmasa, — dedi. 
Shu so‘zlarni ayta turib, shunday chuqur xo‘rsindi, mitti qo‘lchalarini umidsizlik bilan 
shunday yozdiki, yuragim alamdan yorilib ketayozdi. 
Munisani seva-seva, sevina-sevina qo‘g‘irchoqdek yasatdim. Kichkinamga qo‘l oynasi-
da o‘zini ko‘rsatgan edim, sevinganidan qip-qizarib ketdi. Pushti lenta bilan ikkita qilib 
o‘rilgan sochlariga, kalta qilib tikilgan ko‘k yung ko‘ylagiga, uzun qora paypoqlariga xud-
di birovning egnidagi narsalardek qo‘rqib qarar edi. 
Keyin eshitsam, Munisaning yasan-tusani Zaynilar qishlog‘ida bir necha kun gap-so‘z 
bo‘libdi. Ba’zilari mening yaxshiligimdan xursand bo‘lishsa, ko‘pchilik mendan xafa 
bo‘libdi. Onasi tog‘larda bevosh yurgan bir ilon bolasiga shunchalik shafqat qilish or-
tiqcha emish. So‘ngra bu yasan-tusanlarni gunoh deb hisoblaganlar bolani onasi tushgan 
yomon yo‘lga boshlaydi, deb aytishibdi. 
Bechora Munisa pushti lentasidan, kalta ko‘k ko‘ylagidan, qora paypoqlaridan uzoq 
quvonib yurolmadi. O‘gay onasi nima uchundir bu kiyimlarni yechintirib sandig‘iga solib 
qo‘ydi. U ikki kundan keyin yana eski, yirtiq ko‘ylakda maktabga keldi. 
Munisa maktabga kamdan-kam keladi. Mana uch kundan beri uni ko‘rmayman. Be-
choraga nima bo‘ldi ekan? Ertaga kichkina Vahbidan surishtirib ko‘raman. 
* * * 
Zay-ni-lar, 30 no-yabr. 
Kun sayin maktabga mehrim oshib boryapti. Bir mahallar tashlandiq bo‘lib yotgan sinf 
edi toza, shinam shaklga kirdi. Uni bir oz yasatishga ham muvaffaq bo‘ldim. 
Dastlabki kunlar menga yovvoyi, begona ko‘ringan bolalar endi o‘zimga yaqin, ko‘zim-
ga issiq bo‘lib qolishdi. Men ularga o‘rganib qoldimmi yoki mening tinmay qilgan mehna-
tim soyasida ularning o‘zlari odobga kira boshlashdimi, bunisini bilmayman, lekin harhol-
da ikkovining ham ta’siri bo‘lgandir, deb o‘ylayman. 
Men ko‘p ishlayman. Ulardan ko‘ra ko‘proq o‘zim uchun, o‘zimni bekorchilikdan, 
yolg‘izlikning og‘ir musibatlaridan qutqazmoq uchun kechalarni kunduzlarga aylantirib 
yuboraman. Muvaffaqiyatsizliklarga uchrasam, ko‘nglimni cho‘ktirmayman. Bu beparvo 
ko‘zli, johil ko‘ngilli bolalarda bir oz tushuncha, bir parcha hayot zavqi uyg‘ota olganli-
gimni his etsam suyunaman. 
Qishloqi qo‘shnilarimdan ba’zilari goh-gohda menga mehmon bo‘lib kelishadi. Bular 
ham chaqchaqlashib gaplashishni yomon ko‘radigan, kulishni hech bilmaydiganlar. Balki 
ular mendan tortinishar? Dastlabki kunlarda iloji boricha soddaroq kiyinishga harakat qil-
ganimga qaramay, meni juda yasanib yuradi, o‘ziga zeb beradi, deb yoqtirmaganliklarini 
tushunib turaman. Qishloq oqsoqolining xotini hatto buni bir necha marta o‘zimga sha-
ma qildi. 
Men qo‘limdan kelganicha ularga yoqish, manzur bo‘lishga harakat qildim. Hatto ba’zi-
larining duoyi salomlarini yozib, ko‘ylaklarini bichib-tikib bergan vaqtlarim ham ko‘p 
bo‘ldi. Endi mening to‘g‘rimdagi fikrlar bir oz o‘zgargan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. 
Ilgari kuni oqsoqolning xotini yana menikiga kelib, eri duo deb yuborganligini aytdi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin