www.ziyouz.com kutubxonasi
108
Boyoqish, yana qo‘limni ushladi-da, uyalib-tortinishni bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib
yuzimga boqdi — ko‘zlarimiz uchrashdi. Eng yomoni shu bo‘ldiki, xuddi shu asnoda
o‘choqdan yuzimga urgan kuchli alanga yorug‘ida kulib turganligimni ko‘rib qoldi.
Cho‘ponning xuddi shu damdagi shoshqinchligidek kulgili bir narsani umrim bino bo‘lib
ko‘rgan emasman.
Qo‘l o‘pish marosimidan so‘ng kuyovni kelin go‘shangasiga olib kirdilar. Zahro yangi
kiyimlari, bir oz avval o‘z qo‘lim bilan tarab bezagan sochlari bilan chiroyli qizdek ko‘rini-
shi mumkin edi. Faqat bu yerning odatiga ko‘ra, harir parda o‘rniga yashil atlasdan qop-
ga o‘xshatib qilingan bir narsa ichiga kiritib qo‘yilganligi uchun uning husni cho‘ponga
qaday ta’sir qilganligini ko‘ra olmadim.
* * * Zay-ni-lar, 15 de-kabr. Bugun ertalab uyg‘onganimda atrofimda bir narsa yetmagandek ko‘rindi. Men o‘ylana,
qidira boshladim va oxiri topdim: kechalari bog‘da mungli tovush bilan chuldirab turgan
buloq to‘xtagan edi.
Derazani ochib qo‘yay deb o‘rnimdan turdim. Deraza darpardalari ochilmay tixirlik qil-
gandan so‘ng, zarb bilan tortuvdim, oralaridan qor to‘kila boshladi.
Ana xolos, bugun kechasi qor yog‘ib, Zaynilar tanib bo‘lmaydigan kepataga kiribdi.
Xaticha xonim bu yerda qor yog‘sa, to bahorgacha erimay turadi, deb aytgan edi.
Qanday yaxshi narsa! Demak, yaproqlari ham qora ko‘ringan, yuraklarni siqib yuboradi-
gan bu qorong‘i o‘lkaning asl bahori qish oylaridan boshlanar ekan. Men qorni yaxshi
ko‘raman. U men uchun yangi ochilgan bodom gullaridan ham go‘zal. Bog‘da mana shu
oq, toza, yumshoq qorlar ichida yumalangan kezlarimda topgan nash’u namoni hatto
bayramlardan ham ololmayman. So‘ngra inson uchun nafratlangan odamlariga nisbatan
naqadar totli intiqom vasilalari bo‘la oladi. Bir vaqtlar mening bitta dushmanim bor edi,
qordan juda qo‘rqardi. Qalin jemper yoqalari ichida yashirgan ingichka bo‘yniga bildir-
masdan qor to‘ldirsam, sovuqdan ko‘kargan lablarini titratib, rangdan rangga kirar, men
buni ko‘rib suyunardim.
* * * Zay-ni-lar, 17 de-kabr. Qor elab yog‘ar, yo‘llar bosilib borar edi. Hammayoqni qor bosdi, endi o‘quvchilarim-
dan anchasi maktabga kelolmay qoldi.
Bugun hayotimning eng achchiq, eng alamli kuni bo‘ldi. Erta bilan o‘quvchilarim men-
ga yomon xabar olib kelishdi. Kecha kechqurun Munisa bir yomon ish qilib qo‘ygan ekan,
o‘gay onasi ustiga tayoq ko‘tarib yuguribdi. Bola bechora uy derazasidan tashlab qochib-
di. Uydagilar qorda, qorong‘ida uzoq qolmay qaytib keladi, bir ozdan keyin eshikni taqil-
latib yolvoradi, deb o‘ylashibdi. Lekin, qancha-qancha soatlar o‘tib ketgan bo‘lsa ham
bola bechora qaytmabdi. Ana shundan keyin qo‘shnilarga xabar qilishibdi. Qishloq bola-
lari mash’al ko‘tarib, ko‘chalarni aylanishibdi. Lekin uning qaerda ekanligini, qaerga ket-
ganligini bilisha olmabdi.
Munisaning eng yomon ko‘rgan o‘rtoqlari ham achina boshladilar. Kechqurungacha
qidirmagan joylari qolmadi. Bu kichkina qizchaga qanchalik ahamiyat berganligimni bil-
gani uchun qishloq oqsoqoli Vahbi orqali meni qidirish natijalaridan xabardor qilib turdi.
Bugun Vahbi katta erkaklardek, jiddiy va tashvishli edi. Munisaning hali ham topilma-
ganligini bildirish uchun ko‘chadan turib ko‘kargan hovuchlarini ko‘rsatar, qoshlarini chi-