Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
afandim”, — dedim. 
— B...ga kelganingizda menga uchrarsiz. Sizga munosib joy topib qo‘yaman. Yur endi
Mumtoz, planimizda yana ikki qishloq bor. 
Bolalar partasidan birida uzun, ingichka oyoqlarini osiltirib o‘tirgan injener yana o‘sha 
“chiroyli” frantsuzchasida ming‘illadi: 
— Bu juda ajoyib narsa. Meni tashlab ketaver. Bir balo qilib bo‘lsa ham yuzini ochtirib 
ko‘raman. 
Maorif mudiri yana bezovta bo‘ldi. Menda shubha tug‘dirmaslik uchun gapni chalg‘itib 
turkcha gapirdi: 
— Vaqtimiz bor. Raportingizni keyin yozarsiz. Qani, ketdik, — deb o‘rnidan qo‘zg‘aldi. 
Injener ko‘cha eshigi oldida to‘xtab, binoning tomini, derazalarini tekshirayotgan ki-
shiday qarar, yoruqqa chiqishimni kutar edi. 
O‘jarligim tutib orqamni o‘girdim-da, o‘zimni bir nimalar bilan mashg‘ulday qilib oldim. 
Boyoqish bog‘chadan o‘tib ketayotganda ham bir-ikki marta boshini o‘girib qaradi. 
Ko‘cha eshigidan chiqqandan keyin esa taxta devor sarxatidan mo‘ralar, goho oyoqlari-
ning uchida turib ichkariga ko‘z yugurtirar edi. 
Voqea bir zumda qishloqqa yoyildi. Juma kuni bo‘lishiga qaramay, bolalar, ularning 
onalari maktabga chopib kelar, maktabning yopilishidan g‘am chekishardi. Men bolalarni 
maktabga o‘xshash o‘zimga ham qarshi, yotu begona, hissiz deb hisoblab yurardim. Endi 
ular qo‘limni yig‘lab o‘pishar, bu esa menga qattiq ta’sir qilardi. 
Xaticha xonim boshiga kattakon bir jaketni yopib olib uyiga kirib ketdi. Men ham 
yomon ahvolga tushib qoldim. Haq gapni aytganda, bu baxtsizlik tog‘i u bechoraning bo-
shiga ag‘darilgan edi. 
Kechqurun oqsoqolning xotini bilan doya xola yana maktabga kelishdi. Ikkovi ham xa-
fa edi. Doya xola menga ma’noli-ma’noli qarab uh tortar: 
— Mening boshqa tilagim ham bor edi, lekin haq taolo yordam qilmadi, — deyar edi. 
Bu qayg‘uga men ham yasama bir qayg‘u bilan javob qilishim kerak edi. Ko‘zlarimni 
yerga tikib turib: 
— Nachora, doya xola, nasib bo‘lmadi, — dedim. 
Xullasi, u yakka ko‘zoynakli mitti afandi bir so‘z bilan Zaynilar qishlog‘ini ostin-ustin 
qilib ketdi. Qishloqilarning dudi osmonga chiqdi. 
Yer yuzida Zaynilardan ham rasvoroq qishloq borligini xayolga keltirish mumkin 
emasligini bilganim holda, bu qayg‘u menga ta’sir qila boshladi. Faqat bulardan Munisa-
gina mustasno edi. U yaramas, suyunchi ichiga sig‘may uchar, “Qachon ketamiz, opa-
jon? Ikki kundan ke- yin ketamizmi?” deb qushday talpinardi. 
* * * 
Zay-ni-lar, 3 mart. 
Ertaga yo‘lga chiqamiz. 
Munisa dastlabki kunlarda juda suyunayotgan edi. Lekin kechadan beri unda allaqan-
day ma’yuslik ko‘rina boshladi. 
Goho ko‘zlarini uzoq-uzoqlarga tikib olib o‘ylar, so‘ragan narsalarimga parishonxotirlik 
bilan javob berar edi. 
— Munisa, men bilan ketging kelmasa, mayli, tashlab ketay, — degan edim, u apil-ta-
pil: 
— Xudo ko‘rsatmasin, opajonim, o‘zimni quduqqa tashlayman-a! — dedi. 
— Aka-ukalaringdan ajralishingga xafamasmisan? 
Xafa emasman, opajonim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin