Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
— Nega muncha shoshasiz? Yana picha turing axir, — dedim. 
Bechora xotin samimiy minnatdorchilik bilan qo‘llarimga qarar, ularni o‘pgisi kelib lab-
lari titrar edi. Lekin menga tegolmas, tegishga jur’at qilolmas edi. 
Keyin dovul yiqqan terak o‘zagiga o‘tirdik, Munisani o‘rtamizga oldik. Endi gap navbati 
unga kelgan edi. Boyoqish xotin, sarguzashtini menga aytsa ko‘ngli bir oz bo‘shaydigan-
day, kuyib-pishib gapirar, shunday chiroyli maroqli so‘zlar ediki... 
Bu xotinning oddiy, lekin qayg‘uli bir sarguzashti bor ekan. Istambulda, Rume-
liqovog‘ida tug‘ilibdi. Kichikkina amal egasi bo‘lgan otasi bilan onasi birin-ketin vafot qil-
gandan keyin, uni Bakirko‘yda kibor bir oilaga asrandi qilib berishibdi. Uydagi kichik bo-
lalar bilan birga o‘sgan, axiyri voyaga yetib kichik xonim darajasiga erishgan. O‘n besh-
o‘n olti yoshlarga yetganda yaxshi-yaxshi joylardan og‘iz soluvchilar bo‘lsada, u hech bi-
riga ko‘nmagan, hammasiga bahona topgan. Chunki uning ko‘ngil bergan kishisi bo‘lgan. 
U xonadonning kichik beyi bo‘lib, o‘sha vaqtlar harbiy maktabda o‘qir, mo‘ylovlari endi-
endi sabza ura boshlagan yosh yigitcha ekan. Shunday bo‘lsa-da, oralarida aka-ukalik ipi 
borligi sababli, undan umidvor bo‘lolmagan. Ammo hafta boshlarida uning yuzini 
ko‘rishni, ovozini eshitishni o‘sha kezlarda baxt deb hisoblagan. 
O‘sha paytlarda uy xo‘jasi B... viloyat moliya bo‘limining mudirligiga tayinlangani
uchun harbiy maktabda o‘qiyotgan o‘g‘lini Istambulda yolg‘iz qoldirib, oilasini shu yerga 
ko‘chirib kelgan. 
B... da yosh maktab talabasini ko‘rmay o‘tkazgan to‘rt oyi uni to‘rt yillik ayriliq qadar 
sarg‘aytirgan, keyin u yoz kanikullarini ota-onasi oldida o‘tkazgani kelganda... 
Ko‘p o‘tmasdan sir fosh bo‘lgan — uy xo‘jasi, uy bekasi, ularning qizlari — hammasi 
birdaniga bu mushtiparga hujum qilishgan-u, uni uyda qoldirishni xohlashmay, atrof 
qishloqlarning birida yashovchi qari kampir ixtiyoriga yuborishgan. Munisaning to‘rt 
yoshida difteritdan o‘lgan opasi shu yerda tug‘ilgan ekan. Bir bolalik xotinni kim ham 
olar edi? Axiyri u yig‘lab-siqtab bir qari o‘rmonchiga tegishga rozi bo‘lgan. Dastlabki 
paytlarda churq etgan ovoz chiqarmay, taqdiriga tan berib yuribdi. Lekin eri mana shu 
Zaynilar qishlog‘iga kelib o‘rnashgandan so‘ng uni chidab bo‘lmaydigan darajada juda 
qattiq xafaqonlik eza boshlabdi. Qorong‘i uyida o‘tirib hasrat chekar, kundan-kunga 
so‘lib borar ekan. 
Bechora xotin shu so‘zlarni aytib turganda o‘zini yana o‘sha og‘ir qorong‘ilik ichida 
ko‘rayotganday ko‘zlariga, vujudiga horg‘inlik cho‘ka bordi. 
Ana shu kunlarda qaroqchilarni quvlab qishloqqa bir jandarm otryadi kelibdi. Qamish-
zorning u tomoniga chodir yoyib, ikki-uch hafta turgan askarlarning yosh ofitseri uni 
ta’qib qila boshlagan. Xotin ham shayton vasvasasiga uchib, eri bilan bolasini tashlagan-
u, o‘sha ofitser bilan qochib ketgan... 
Bu oddiy hikoya menga juda ta’sir qildi, lekin sababini o‘zim ham bilmayman. Kech ki-
rib kelmoqda edi. Munisani onasi bilan xoli qoldirib, o‘zim maktab tomonga yurib ketdim. 
Bir-birini hech mahal ko‘rishmasligi mumkin bo‘lgan bu ikki insonning balki bir-biriga ay-
tadigan gaplari bordir. Yoki mening oldimda xohlashganlaricha quchoqlashib yig‘lasha ol-
mas, ko‘ngillarida balki hijron yarasi qolar! 
Mozor toshlari ustidan hatlab maktabimga qaytayotganimda yurak-yuragimdan ezilib 
o‘ylayman: “Munisa, men seni dunyoda hech kiming yo‘qligi, yop-yolg‘izliging uchun se-
var, senga har doim achinib kelar edim. Mana endi senga rashk qila boshladim! Senga 
g‘arib, xarob bir xotinni, har nima bo‘lganda ham senga ona bo‘lgan bir onani 
qizg‘anyapman. Sen tug‘ilib o‘sgan yerlardan ayrilar ekansan, ko‘zlaringda ona ni-
gohining xotirasini, lablaringda ona yoshlarining ta’mini olib ketasan!” 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin