Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
142
masxara qilishadi. Shuning uchun chor-nochor chodramni yopinib birga chiqib ketdim. 
Kichik qizlarga oq kiyimlar kiydirishibdi. Daryo labida oq gullar chaman-chaman ochi-
lib turardi. Bu shaharda, tavba, xotin-qizlar maktabi shuncha ham ko‘p ekan. Yashil 
bog‘lar orasidagi so‘qmoq yo‘llardan ashulalar aytib kelayotgan maktab qizlarining oxiri 
ko‘rinmas edi. 
Erkak o‘qituvchilar daryoning narigi yuzidagi bir chakalakzorga to‘planishibdi. Bizning 
oramizda faqat Rajab afandigina ko‘kish choponi, kattakon qora shamsiyasi bilan aylanib 
yurar, bir chekkada toshdan o‘choq qilayotgan oshpazga baqirib-chaqirib bir nimalar bu-
yurardi. Muallimlar bilan katta yoshli o‘quvchi qizlar chodralarini tashlab, ochiq yuz bilan 
yayrashga mudir afandini zo‘rg‘a ko‘ndirib, axiyri uni erkaklar to‘piga jo‘natdilar. 
Bilmayman, bugun nima uchundir odamlar ko‘nglimga sig‘mas edi. Bu yuzlarcha qiz 
bolalarning xushchaqchaqligi, shodu xurramligi meni charchatar, yuragimga qayg‘udan, 
g‘amdan boshqa narsa bermas edi. 
Bir yonda boshlang‘ich maktab qizlari musiqa bilan ashula aytishar, boshqa bir yonda 
bir to‘da yosh qizlar bir-birini itarishib, qichqirishib, to‘p o‘ynashar yoxud asir olish o‘yi-
nini o‘ynashar, nariroqda bolalar, katta yoshdagi ayollar she’rlar o‘qir yoxud dekloma-
tsiya o‘qiyotgan boshqa bir bolani olqishlar edilar. 
Munisa odamlar ichida yo‘q bo‘lib ketdi. Yaramas qiz men bilan o‘tirarmidi! 
Uzoqda, baland bir jarlik yoqasida bir necha kashtan daraxti bor edi. Yosh muallima-
lardan ba’zilari katta o‘quvchi qizlar bilan shu yerga arg‘imchoq solishdi. Qalin yaproqlar 
orasida rang-barang ko‘ylaklar ko‘zga chalinib ketar, hammayoqda qichqiriqlar, 
qahqahalar eshitilardi. 
Men olomondan sekin ajralib chiqib, daryo bo‘yiga tushdim-da, o‘sha yerdagi kattakon 
qoya ko‘lankasiga kelib o‘tirdim. Tosh oralarida bitgan rangsiz, jonsiz sariq gullarni uzib, 
oyoqlarim tagida oqib turgan suvga otardim. O‘zim chuqur-chuqur o‘ylardim. 
Birdan orqamda birov ingichka tovush bilan: 
— Topdim! “Ipak qurti” shu yerda ekan! — deb chinqirib yubordi. 
Meni arg‘imchoqda uchirgani qidirib yurishgan ekan. Meni qo‘yarda-qo‘ymay sudrab 
olib ketishdi. “Xohlamayman, charchaganman, arg‘imchoq uchishni bilmayman” desam 
ham qo‘yishmadi. So‘zimga muallimalar ham, o‘quvchi qizlar ham quloq solishmadi. Mu-
ruvvat xonim, ya’ni meni bir vaqtlar markaziy rushdiya maktabida himoya qilgan 
timqora ko‘zli muallima men bilan uchmoqchi ekanligini aytdi. Arg‘imchoqlardan biriga 
chiqdik. Lekin, afsus, qo‘llarim titrar, oyoqlarim gavdamni ko‘tarishdan ojizdek bukilar 
edi. Bechora Muruvvat bir necha bor uchgandan keyin voz kechdi. 
— Bekor ovora bo‘lyapmiz... Sen chindan ham, uchishdan qo‘rqyapsan. Yuzing doka-
day oqarib ketdi, yiqilasan, — dedi. 
Tushki ovqatda mudir afandi biz bilan bo‘ldi. Mening bugungi kayfsizligimni u ham 
sezgan edi. Ora-sira: 
— Hoy, nega kulmaysan, xufton qiz? Kulma deganimda nuqul kulasan. Endi esa 
qovog‘ingdan qor yog‘yapti,— deb qichqirar edi. 
Boyoqish ovqatdan keyin ham izimdan qolmadi. Maktabdan men uchun samovar ham 
oldirib kelibdi. Menga o‘z qo‘li bilan choy damlab bermoqchi bo‘ldi. O‘qituvchilardan biri 
meni uzoqdan imladi. Men asta yoniga bordim. U: 
— Xodimalardan birini yuborib tanbur oldirib keldik. Nariroqqa borib, Shayx Yusuf 
afandiga bir tanbur chaldiraylik. Har nima qilib bo‘lsa ham bu laqmaning qo‘lidan qutulib 
kel, — dedi. 
Haqiqatan ham bunday fursatni qo‘ldan chiqarib bo‘lmas edi. Shayx Yusuf afandining 
musiqasi meni hamon rom qilib borar edi. Bechora ancha vaqtdan beri betob bo‘lib qolib, 
maktabga kelmay yurardi. Faqat bir necha kun avvalgina oyoqqa turganligini eshitdik. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin