www.ziyouz.com kutubxonasi
154
Ha, men bu “gulbashakar” so‘zini ko‘chada kattalardan ham, bolalardan ham juda
ko‘p marta eshitdim. Masalan, bir kuni kechqurun maktabdan kelayotgan edim. Oldimda
faqirlarcha kiyingan bir necha yigit ketayotgan edi. Shulardan bittasiga bir nimani ye deb
taklif qilishdi shekilli, u ko‘nmay:
— Xudo haqqi, bo‘lmaydi. Hozir ovqat yedim. Meva tugul, boshqa narsa ham to-
mog‘imdan o‘tmaydi, — dedi.
Ikkinchisi:
— Hech nima o‘tmaydimi? Gulbashakar ham-a? — deb uni yelkasidan tortdi.
Endi yigit eridi, kulimsirab turib:
— Qani endi u bizga nasib bo‘lsa! — dedi.
Gohi mahallar qahvaxona oldida o‘tirgan erkaklar shu mahallar suv tashib kun o‘tka-
zadigan kambag‘al, lekin xushchaqchaq, sho‘x yigitchaga hazil qilishardi:
— Menga qara, Sulaymon, to‘yingni qachon qilamiz?
— Qachon xohlasangiz. Men hammavaqt tayyorman.
— Sulaymon, o‘lguday kambag‘alsan, kuning qanday o‘tadi?
— Quruq nonimga gulbashakar surtib yeyaveraman. Menga bundan ortiq nima kerak?
Bu hazilkashlikni qariyb har kun takrorlashadi. Bunisi ham bir navi, lekin qo‘shnim
Hofiz Qurbon afandining bir qilig‘i meni juda ham hayron qildi. U uch kun avval ko‘chada
Munisani ushlab olib, qo‘yarda-qo‘ymay betlaridan o‘pdi-da:
— O‘h, sendan gulbashakarning hidi keladi-ya! — dedi.
Ko‘chada Tolzordan qaytayotgan odamlar ko‘paydi. Birdan bola kulgisi — Munisaning
ovozi eshitildi. Ha, Munisa kelyapti! U yaramasni shu to‘rt soat ichida xuddi to‘rt oy
ko‘rmaganday sog‘indim.
* * * 23 ap-rel (ik-ki so-at-dan key-in). Axiyri gulbashakarning nimaligini bilib oldim. Munisa Tolzorda uchragan bir qancha
muallimlarga mening betobligimni aytgan ekan, tashvishlanishib, qaytishda eshigim oldi-
dan so‘rab o‘tishdi.
Ichkariga kiringlar deb ularga bir necha daqiqa yalindim. Gap orasida bittasidan hazil-
lashib:
— Qalay, hech bo‘lmasa sizlar gulbashakar topdilaringmi? Ko‘chadan ofitserlar o‘tib
ketayotib, gulbashakar topishmaganidan zorlanishdi, — dedim.
Dugonam kulib yubordi.
— Juda yaxshi bilasizki, biz ham o‘sha lazzatdan mahrum bo‘ldik, — dedi.
— Nega? — deb so‘radim.
— Chunki kelmadingiz.
Shoshib yuziga qaradim. Keyin kulimsirashga harakat qilib:
— Iya, bu qanday bo‘ldi? — dedim.
Muallimalar xaxolashib kulib yuborishdi. Haligi dugonam menga shubha bilan qarab:
— Chindan ham bilmaysizmi? — dedi.
— Xudo haqqi, bilmayman.
— Bechora Faridaginam, sen naqadar soddasan! Ch... erkaklari shu chiroyli ranging
uchun senga gulbashakar deb nom qo‘yishgan!
Men sarosimam zo‘ridan duduqlanib:
— Nahotki? Meni-ya? Demak, gulbashakar deganlari, ko‘chadagi yigitlar nonga surtib
yemoqchi bo‘lgan narsalari men ekanman-da! Voy o‘lmasam!
Uyalganimdan qo‘llarim bilan yuzimni bekitdim. Demak, men shunday kattakon bir