www.ziyouz.com kutubxonasi
158
etaklaridan o‘pmaganligimni, shunchaki sodda va sarbast salom bilan kifoyalanganligim-
ni ko‘rib, hayron bo‘lib qolishdi. Bir-birlariga taajjublanib qarashdi. Qo‘polgina kiyingan
bir qari grek xotin (Beyo‘g‘li*dan kelgan murabbiya bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman) tevara-
gi tilladan qilingan ko‘zoynagini burniga qo‘ndirib, meni boshimdan-oyog‘imgacha suzib
chiqdi.
O‘zimni tutishimda, harakatlarimda shu qadar bir tabiiylik, so‘zlarimda shunchalik pu-
tursiz bir ishonch bor ediki, zal ko‘z ilg‘amas po‘rtanaga uchragan kema singari ostin-us-
tin bo‘lib ketdi.
Bu yerda egalarining didi yaxshiligini dalolat qiladigan bironta nafis narsa yo‘q edi. Zal
har xil qimmatbaho narsalar tiqib tashlangan gazmol do‘koniga o‘xshardi... Bu yerning
oyimlari mana shu zalda sag‘anadagi o‘liklar singari umrlarini o‘tkazadilar, Ch... shahri-
ning sodda, odmi xotinlarini hayratga solishdan zavqlanadilar.
Sarbast va qat’iy harakatlarim bilan zalga sekin-sekin ega bo‘lar, o‘zlarini esa ividiq,
noshud mehmonlarga aylantirb borar edim. Bu dag‘al, kulgili komediyani o‘ynab turga-
nimda, o‘yinimni sezdirib qo‘ymaslik uchun xatti-harakatlarimni tabiiydek tutishga tirish-
dim. Ular nimaiki ko‘rsatsalar, nimaiki so‘zlasalar, nimaiki qilsalar — hammasini yoqtir-
maganligimni sezdirdim. Didlarining pastligini, noshudliklarini sezdirishga, alam qildirish-
ga harakat etdim. Masalan, poshoning katta qizi suratlarni ko‘rsatganda, men bularning
oddiy narsalar ekanligini ta’kidlab, tagdor shamalar bilan chimchilib oldim. Keyin bir bur-
chakda osig‘liq turgan kichkina suratni ko‘rib, zalda birdan-bir haqiqiy san’at asari bo‘lgan
bu go‘zal narsaning nima uchun burchakka tiqib qo‘yilganligini so‘radim. Qisqasi, dabda-
balarining hech biriga ajablanmadim. Hamma narsalarini tanqid qildim. Ayniqsa, ovqat
mahalida jon rishtalarini sug‘urib oldim... Kim bilsin, bu mukammal, ajoyib dasturxon at-
rofida o‘tirgan qancha xotinning tomoqlari bo‘g‘izlarida qolgan ekan? Kim bilsin, mehmon-
larning qanchasi vilka va pichoqlarini eplay olmaganliklari uchun bu yerda qanchadan-
qancha ter to‘kkan ekan? Bechoralarning qanchasi ovqatni qanday olishni, qanday yeyish-
ni bilmagani uchun ovqatlardan voz kechishga majbur bo‘lgan ekan?
Bugun ana shularning hammasi uchun qasos oldim. Men shu qadar chaqqon, epchil
harakatlar qilardimki, xonimlar hayron bo‘lishib, menga yer ostidan qarab qolar edilar.
Men ham ularga ora-sira qarab qo‘yar edim. Lekin mening qarashlarim ularning qo‘llari-
dagi vilkalarni titratar, og‘zidagi ovqatlarini bo‘g‘izlariga tiqib qo‘yar, suv ichishga majbur
qilardi. Noshud, johil xotinlarga o‘zini odam o‘rnida sotgan, kulgili frantsuzcha talaffuzi
bilan o‘ziga bino qo‘yib yurgan beyo‘g‘lilik grek kampirni dunyoga kelganligiga pushay-
mon qildirib yubordim.
U murabbiya, men maktab o‘qituvchisi bo‘lganim uchun o‘zini men bilan hamkasaba
deb faraz qilardi. Men bilan yashirin bir munozaraga kirishni o‘zining maslak burchi deb
bildi, shekilli. Lekin men shu qadar masxarasini chiqardimki!.. Maqsadini turkcha tu-
shuntirishga ojizlik qilar, men turkchani yaxshi bilmayman deb qutulishga tirishardi. Ana
shundan keyin:
— Xayr, mayli, mademuazel, frantsuzcha gaplashaylik, — dedim.
Murabbiya frantsuzcha gaplashib ko‘rmoqchi bo‘ldi, lekin men uning frantsuzcha gap-
lariga kuldim.
Qisqasi, kichkina, ahamiyatsiz boshlang‘ich maktab muallimasi g‘oyib bo‘ldi. Men yana
“Dam dyo sion”ning eng o‘tkir, burro muallimalarini ham yig‘lar darajasiga keltirgan tili
zahar, o‘jar, zolim Choliqushiga aylandim.
Biz murabbiya bilan oliy tabaqa yig‘inlarida qo‘llaniladigan usuli odob haqida munoza-
ra boshlagan edik, u bechora so‘z topolmay qolib:
— Harholda, men yuksak jamiyatlarga kirib chiqqanman, hamma narsani o‘z ko‘zim
bilan ko‘rganman, — dedi.