Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
— Nazarimda, mehmon chaqiriqqa ketayotganga o‘xshaysizmi? 
U: 
— Yo‘q, singlim, ataylab sizning oldingizga kirdim. 
Men: 
— Juda ham yasanibsizmi bugun? Men uchunmi? 
U: 
— Ha, singlim, siz uchun. 
Men hazildan o‘zimni tiyolmay: 
— Bo‘lmasa menga sovchi bo‘lib kelibsiz-da? 
U sodda ko‘zlarida sof hayrat bilan: 
— Qaerdan bildingiz? 
Men sarosima bo‘lib qoldim. 
— A?! Rostdan ham menga sovchi bo‘lib keldingizmi? 
U xo‘rsinib: 
— Ha, singlim. 
Men: 
— Kimga? 
U dunyodagi eng oddiy narsa to‘g‘risida gapirayotganday: 
— Mening erimga. 
Shu qadar sodda xotinning hech sir bermay hazil qilishi menga juda xush yoqdi, 
qahqaha urib kulib yubordim. Lekin u kulmaydi, aksincha, ko‘zlariga yosh keladi. 
U: 
— Aylanay singlim, erim sizni yoqtirib qolibdi, sizni olaman, deb meni qo‘ymoqchi. 
Yalindim, yolvordim: “Hechqisi yo‘q, mayli, u xonimni ham oling, zinhor meni qo‘ymang. 
Biz opa-singilday o‘tiramiz. Men sizlarning ovqatingizni pishirib beraman, xizmatlaringiz-
ni qilaman”, — dedim. Aylanay jigarim, menga rahming kelsin! 
— Qurbon afandi sizni qo‘yib, meni olishiga ko‘zi yetadimi? 
U odamni dod degizib yuboradigan bir soddalik bilan: 
— Ha, yetadi. “Ellik tilla berishga roziman”, — deydi. 
Men: 
— Bechora qo‘shnim, ko‘nglingizni to‘q tutavering. Hech mahal uning aytgani 
bo‘lmaydi! 
Bechora xotin duo qiladi. 
Parda. 
* * * 
Ch..., 15 may. 
Bugun kechqurun maktabda o‘qishlar tugagandan so‘ng mudira xonim meni kabineti-
ga chaqirib oldi-da, qovog‘ini solib turib: 
— Farida xonim qizim, — dedi, — sizning jiddiyat va g‘ayratingiz menga juda yoqadi. 
Lekin bitta kamchiligingiz bor: o‘zingizni haligacha Istambulda deb bilasiz. Go‘zallik 
boshga balodir, degan mashhur gap bor. Siz ham go‘zal, ham yolg‘iz bo‘lganingiz uchun 
o‘zingizni durustroq saqlashingiz kerak edi. Holbuki, ba’zi bir ehtiyotsizliklarga yo‘l 
qo‘ygansiz. Xafa bo‘lmang, qizim! Jinoyat deganim yo‘q, ehtiyotsizlik deyapman. Xudoga 
shukur, shahrimiz undaqa xilvat, qoloq shaharlardan emas. Xotinlar ancha tuzuk, yaxshi 
kiyinib yura olishadi. Muallimalarimiz ham shunday. Lekin boshqalar uchun tabiiy bo‘lgan 
bir narsa sizda odamlarning diqqatini jalb qilib qo‘ydi. Chunki, qizim, yoshligingiz, hus-
ningiz uchragan erkaklarni qayrilib qarashga majbur qiladi. Oqibatda shaharda har xil 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin