Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
sizga nisbatan yomon niyati yo‘q edi. Shunchaki sizni mehmon qilish, bog‘ saylida yayra-
tish istagida edik. Istambulda tarbiya olgan, so‘ngra, masalan, bir necha kun avval 
o‘rtoqlarimizning biri bilan hamsuhbat bo‘lishdan tortinmagan kichik xonimning bu qadar 
yovvoyi tabiati borligini qaerdan bilibmiz? Yana qaytarib aytaman: sizga nisbatan yomon 
niyatimiz yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, xafa bo‘lganingiz uchun sizdan uzr so‘rayman. 
* * * 
Arava bog‘lar orasidan tor yo‘llar zulmatiga sho‘ng‘ib ketdi. Bir burchakda sovuq 
yegandek shumshayib, ko‘zlarimni yumib bordim. Xayolimda sekin-sekin boshqa kecha-
ning savdosi gavdalana bordi. Qo‘zyotog‘idagi chorbog‘dan boshimni olib qorong‘i yo‘llar-
ga tushgan kecham... 
Xushbo‘y lox daraxtining shoxlari sayabonli arava derazachasidan goho ichkariga kira-
di-da, yuzimga, ko‘zlarimga tegib, shirin xayollarimni quvadi. 
Boshini aravaning narigi derazachasiga suyab o‘tirgan Munisaning chuqur-chuqur 
xo‘rsinganini eshitdim-u, past tovush bilan: 
— Munisa, uyg‘ondingmi? — deb so‘radim. 
Javob bermadi, boshini yana battar egib oldi. Razm solsam, bechoram yig‘layapti! Mi-
soli katta kishilarday, ko‘z yoshlarini qorong‘ilikda yashirib yig‘layapti. 
Qo‘llarini ushlab: 
— Nima bo‘ldi, qo‘zim? — deb so‘radim. 
Mendan ko‘proq yashagan, mendan ko‘proq aqli bo‘lgan kishi iztirobi bilan boshimni 
quchoqladi, keyin qulog‘imga yaqin kelib: 
— Opajonim, biram yig‘ladim, biram qo‘rqdimki!.. Sizni nima uchun chaqirganlarini 
payqadim, opaginam! Endi zinhor unday yerlarga bormaylik! Xo‘pmi? Siz nima deysiz? 
Xudo ko‘rsatmasin, onam singari... unda mening holim nima bo‘ladi, opajon? 
Oh, qanday sharmandalik, qanday tushkunlik, yo rabbiy! Razolatga tushgan xotin sin-
gari bu kichkina qizdan uyalar, ko‘zlarimni olib qochardim. Keyin boshimni uning kichki-
na tizzalariga qo‘ydim, to uyga yetguncha, onasining quchog‘ida yig‘lagan bola singari, 
piq-piq yig‘lab bordim. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin