Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
* * * 
“Ma-li-kai Ma-riya” ke-ma-si, 2 iyul. 
Shamoldan saqlanish uchun paltomni kiyib, oy botguncha tepada o‘tirdim. Palubada 
hech kim yo‘q edi. Faqat kechqurundan beri vaziyatini o‘zgartirmagan bir novcha 
yo‘lovchi tirsaklarini palubaning temir panjasiga qo‘yib olib, shamolda hushtak bilan 
mungli kuylar chalardi. 
Men dengizni bilaman, uni yaxshi ko‘raman; menga o‘zining ichki hayoti bilan yashov-
chi jonli narsaday ko‘rinadi: har doim kuladi, so‘ylaydi, ingraydi, qahrlanadi. Lekin shu 
kecha u suv sahrosi qudrati, tasallisi bo‘lmagan poyonsiz yolg‘izlikka o‘xshab ko‘rindi. 
Kechaning rutubati suyak-suyagimdan o‘tib ketganday dag‘-dag‘ titrab pastga tush-
dim. Munisa kayutada uxlab yotardi. Ana shu poyonsiz yolg‘izlikning qalbi urayotganday 
dengiz tubidan kelayotgan shov-shuvlarga quloq solib o‘tirib xotiralarimni yozar edim. 
* * * 
Bugun mudira xonim meni limangacha uzatib keldi. Tanishlarimning hech biri biln 
xayrlashmadim. Faqat xolamga o‘xshagan kampirnikiga kirdim, ko‘zlarimni yumdim-u 
so‘nggi marta “Farida” deb otimni aytganini eshitdim. 
B...da Mazlumni qoldirgan bo‘lsak, bu yerda qushlarni tashlab ketishga to‘g‘ri keldi. 
Ularni mudira xonimga topshirdim, ovqatidan, suvidan xabar olib turishini iltimos qildim. 
Lekin mudira xonim: 
— Farida, agar ularni shunchalik yaxshi ko‘rsang, kel, o‘z qo‘ling bilan ozod qil, savob 
bo‘ladi, — dedi. 
Ichim to‘la mung bilan kulimsiradim. 
— Yo‘q, mudira xonim, — dedim, — burunlari men ham siz singari shunday o‘ylardim. 
Lekin endi fikrim o‘zgardi. Qushlar nima xohlaganliklarini o‘zlari ham bilmaydigan gu-
nohsiz, aqlsiz jonivorlar. Qafasdan qochguncha o‘zlarini urib, potirlashadi. Biroq ularni 
tashqarida baxt kutib turganiga ishonasizmi? Yo‘q, aslo unday emas! Mening nazarimda, bu 
sho‘rliklar har nima bo‘lganda ham o‘z qafaslariga o‘rganib qolishadi, ochiq havoga chiqish-
ganlarida-chi? O‘-o‘, daraxt shoxida, boshlarini qanotlari ichiga suqib olib o‘tkazgan kechalari-
da to ertalabgacha qafaslarini qo‘msaydilar, kichkina ko‘zchalarini yorug‘ derazalarga tikib 
hasrat chekadilar. Qushlarni zo‘rlik bilan qafaslariga solish kerak, mudira xonim, zo‘rlik bilan, 
zo‘rlik bilan!.. 
Ko‘z yoshlarim nafasimni bo‘g‘di, kampir betlarimni silab: 
— Farida, juda g‘alati qizsan-da. Odam degan shunchaki narsaga ham yig‘laydimi? — 
dedi. 
* * * 
Kemada men bilan Ch... da chiqqan bir qancha yo‘lovchi bor edi. Shular orasidagi ik-
kita ofitserning suhbati qulog‘imga chalindi. 
Yoshi o‘zidan kattasiga deyardi: 
— Ehsonbey to‘rt kun avval yo‘lga chiqishi kerak edi. Bir necha kun kutgin, Bayrutga 
birga jo‘naymiz, dedim. Mening gapimga kirdi-yu, qoldi. Shunday qilib, uning boshiga 
tushgan baloga men sababchi bo‘ldim. Agar to‘rt kun ilgari jo‘nab ketgan bo‘lsa, bu sav-
dolarga qolmas edi. 
Yoshi kattasi: 
— Haqiqatan ham achinadigan voqea, — dedi. 
— Hayronman, Ehson shunaqa tez emasdi-ku? Nima bo‘ldi, voqeaning tafsilotidan xa-
baring bormi? 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin