Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
cho‘p yig‘ib yurgan qorovul bilan gaplashgani eshitilib turardi. 
Axiyri u ichidan bug‘ chiqib turgan bir kosa qaynoq sut ko‘tarib keldi. 
— Sutdan ko‘nglim to‘lmadi, Komron. Lekin uch kundan so‘ng, ha, bugun qaysi kun? 
Bo‘ldi, payshanba kuni ertalab seni ziyofatga chaqiraman. Shu qo‘y sutini ichasan-u, le-
kin ko‘rasan, butunlay boshqa, alomat narsa bo‘ladi. Bu mening kattakon sirim, qanday-
ligini bilging kelmaydimi? Qiziqmaysanmi? Voy o‘lay, odam ham shunchalik hissiz bo‘la-
dimi! Xo‘p, hozirning o‘zidayoq aytib bera qolay. Qo‘yni uch kun nok bilan boqaman. Na-
zarimda, sovqotayotganga o‘xshaysan, havo bir oz salqin. Nima, meni Basima xolam: 
“Tentak qiz, o‘g‘limni kasal qilib qo‘yibdi!” deb qarg‘asinmi? To‘xta, men sovvuqqa, zax-
ga o‘rganib qolganman, ro‘molimni beray, o‘ranib ol.
Farida to‘g‘nog‘ich bilan bo‘yniga to‘g‘nab olgan qizil yung sharfini chiqardi-da, erta-
labki zax havodan ozor tortayotgandek, sekingina titray boshlagan Komronning yelkalari 
bilan ko‘kragini o‘rab qo‘ydi. 
Komronning ko‘zlari oldida o‘n yil avvalgi boshqa bir oqshom gavdalandi. Qo‘ztog‘ida-
gi chorbog‘ning tashqari eshigidan bir necha odim narida... yana shunday yelkalariga 
kichkina ko‘krang paltosini tashlagan kalta etakli, qora fartug‘li mo‘’jazgina maktab qizini, 
uning ko‘k siyoh bilan bo‘yagan barmoqchalarini ko‘rdi. O‘shanda katta odamlarday: “Endi se-
ni asrash mening burchimdir” degan edi. O‘sha ovoz hozir yana Komronning quloqlariga eshi-
tildi. 
— Komron, xuddi qarilarga o‘xshaysan-a! Qo‘lingdan suting to‘kilib, tizzalaringni kuy-
dirsaydi. Nega bunaqa o‘ychansan? 
— Hech, esimga bir narsa tushdi-da...
Farida esiga tushgan narsasini aytdirgisi kelmayotganday so‘zini bo‘ldi. 
— Men ham shunday. Yelkangda ro‘mol ko‘rib “Komron xonim” deganim esimga tush-
di.
* * * 
Farida ishini bitirgach, Komronning ro‘parasiga, past kursichaga kelib o‘tirdi. Qalin, pi-
shiq bursa ipagidan choqlari keng yengli qilib tikilgan viloyat bichimidagi ko‘ylagi bo‘yni-
ga, ko‘kragiga mahkam yopishib turardi. Tirsaklarini tizzalariga qo‘ydi, iyagini qo‘llariga 
tiradi, betlarini hovuchlari ichiga olib, gapira boshladi. 
Komron uning yuzini shu qadar musaffo yorug‘da, shu qadar yaqindan birinchi marta 
ko‘rmoqda edi. Chehrasi bir oz ozgan, so‘ligan edi. Bu ozg‘inlik ko‘zlarini yana ham kat-
taroq qilib, tevaraklaridagi bilinar-bilinmas ko‘lkalar ularni yana ham qoraroq qilib 
ko‘rsatardi. Besh yil avvalgi Choliqushining uchqunlar porillab turgan shahlo ko‘zlariga 
endi olov yaqinida qovjiragan gullar sho‘ri tushgan edi. Ammo bu ko‘zlar yana burungi-
day kuladi, yana burungiday mas’um bir dadillik bilan hayiqmay qaraydi. Lekin Komron-
ga u ko‘zlarning burungi chuqurligini, tubini ko‘ra olmayotganday tuyulardi. 
Sochlari ham viloyatlardagi singari farqi o‘rtadan qo‘yilib, ikkita yo‘g‘on-yo‘g‘on qilib 
o‘rilgan edi. O‘rilganda ham shunday tortib o‘rilgan ediki, peshonasi bilan chakkalarining 
terisi xiyol cho‘zilib, qalam qoshlarining uchlari bir oz yuqoriga ko‘tarilibdi, yana ham ti-
niq, nafis ko‘ringan terisida ko‘kimtir ingichka tomirlari bo‘rtib chiqibdi. 
So‘zlaridan ziyoda ovoziga mahliyo bo‘lib o‘tirgan Komron uning yuzini tomosha qilib 
turib bir narsaga diqqat qildi: Faridaning rangi oilaviy hayot kechirayotgan yosh, baxtli 
juvonning rangiga o‘xshamasdi. Bu yuzda uzilmasdan so‘lishga mahkum bo‘lgan gullar-
da, shuningdek, ishq-muhabbat lazzatini totmay qarib o‘tadigan qizlarda ko‘rilgan bez-
gak qizilligiga o‘xshash yashirin bir otash, kasallarga xos bir tiniqlik bor edi. 
Tong quyoshi bu yuzni shu qadar nozik, ma’noli qilib ko‘rsatardiki, yigit hushidan ket-
guday bo‘lib havaslanar, yig‘lagisi kelib o‘tirardi. Iztirob qiz yuzini shu qadar chiroyli qilib 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin