Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
Menga qanchalik og‘ir iztirobli bo‘lsa ham, rahmatlining so‘nggi orzusini yeriga yetkaz-
dim. Lekin paketni o‘z qo‘lim bilan topshirishga qurbim yetmaydi. Buni ertaga kemaga 
o‘tirganimdan so‘ng, oramizdagi hamma narsa bitgandan so‘ng Komronga berib qo‘yar-
san”, — dedi. 
Mujgon jimidi. Hayotning eng achchiq va alamli damlarida ham o‘zini tetik, bosiq ush-
laydigan bu juvon hozir yosh boladek yig‘lar edi. U Komronga qaltiroq qo‘llarini cho‘zib: 
— Uni yolg‘iz qo‘yib yubormaylik, Komron, — dedi.— Kerak bo‘lsa, zo‘rlik bilan olib 
qolaylik. O‘tgan ishga salavot, nima bo‘lgan bo‘lsa bo‘ldi, endi bir-biringizdan ayrilmasli-
gingiz kerak! Ko‘rib turibman, ortiq chidolmaysizlar. 
Komronning vujudi muzlab borardi. Eng ahamiyatsiz bir tushdan, eng zaif bir xotira-
dan oylarcha kasal bo‘lib, kichikkina umid bilan yashab kelgan bir xayolparast uchun bu 
umid, bu baxt haddidan ziyod edi. Uzun muddatli hushsizlikdan keyin o‘ziga kelgan og‘ir 
kasal singari Komron ham hech nimaga tushunmay qorong‘ida ko‘zlarini javdiratib teva-
rakka qarar, nuqul kipriklarini pirpiratardi. 
Mujgon ro‘moli ichidan qizil muhr bosilgan bir paketni chiqardi. 
— Faridaga bergan va’damga qaramay, buni senga hozir topshiryapman, — dedi. 
Juvon ro‘molini tuzatib, uydan chiqmoqchi bo‘lgan edi, Komron ushlab qoldi: 
— Mujgon, sendan bitta iltimosim bor. Bizning savdoimizni hammadan ko‘ra sen 
ko‘proq bilasan. Paketni birga ochib, ichidagi narsani birga o‘qiylik. 
Mujgon stol ustidagi chiroqni yoqquncha, Komron paketni ochdi. Ichida bitta xatu 
yana bitta kattakon konvert chiqdi. Yo‘g‘on, yirik harflar bilan yozilgan maktub Komron-
ga xitob qilar edi: 
“O‘g‘lim, Komronbey! 
Sizga bu maktubni yozgan odam umrining bir ozini kitoblarga, bir qismini esa hayot 
deb atalgan chigal mushtlashish yaradorlariga bag‘ishlagan tarki dunyo bir cholki, xati 
qo‘lingizga yetmasdan ancha burun olamdan o‘tgan bo‘ladi. U cholning butun borlig‘i bi-
lan yaxshi ko‘rgan bir bechoraga oxirgi marta yaxshilik qilib ketish tilagi bu maktubni 
sizga o‘lim to‘shagida yotgan joyida yozishga majbur qildi. Quloq soling. 
Bir kun uzoq qishloqdagi vayrona maktabda yog‘du kabi toza, umid kabi go‘zal bir is-
tambullik qizni uchratdim. Qorong‘i qish kechasida, qor elab yog‘ib turgan bir paytda uy-
ingizning derazasini ochsangiz-u, qorong‘ilikdan bulbul nag‘masini eshitsangiz, shunda 
qanday bo‘lasiz? Men ham o‘shanda shunday bo‘ldim. Bu mas’um nozik kibor qizni, tabi-
atning bu go‘zal va nodir xilqatini qaysi la’nati tole va tasodif bu qorong‘i qishloq xaroba-
siga keltirib tashladi? Qalbi yig‘laydi-yu, ko‘zlari bilan lablari kuladi, fidokorlik haqidagi 
hangomalar bilan meni aldaydi. Men esam “Oh, bechora qiz! Men seni Istambulda tash-
lab ketgan nodon, johil yoringmidimki, bu gaplaringga ishonsam!” deb o‘yladim. Uyquga 
qonmay uyg‘ongan yosh bolaniki singari xumorli ko‘zlari, qaerga qadam tashlashini bil-
magan kishiniki singari ahvoli, xayoliy lablarining bo‘sasi bilan titrayotgandek ko‘ringan 
dudoqlari, xayoliy quchoqda talpinayotganga o‘xshagan atvori, harakatlari menga butun 
sirni ayon qildi. 
Eski zamon dostonlarida Laylisini qidirib, sahrolarda sargardon bo‘lgan Majnunni goho 
shukuh va mamnuniyat bilan eslab qo‘yardim. Faridani ko‘rgan kunimdan boshlab u do-
stonni esdan chiqardim. Endi yangi zamonning mozorlar bilan to‘liq qorong‘i qishloqlari-
da ilojsiz ishq ro‘yolarini axtargan bu oydin ko‘zli, ipakday mayin, mas’um, olijanob 
“Layli”sini tez-tez eslaydigan bo‘ldim. Ikki yildan keyin tag‘in uchrashdik. Hamon eski 
dardi boshida, qalbini ichdan kemirmoqda edi. Eh, attang, dastlab ko‘rgan kunim nega 
uni otimga o‘ngarib, zo‘rlab bo‘lsa ham Istambulga, oilasiga eltib tashlamadim! G‘aflatda 
qoldim, g‘aflatda! 
Farida bilan ikkinchi marta uchrashganimizda, fursat qo‘ldan ketgan edi. Siz uylanib 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin