Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
yuborishim mumkinligini bilardim. 
Komronning-ku ahamiyati yo‘g‘-a, uning oldiga qaysi alfozda chiqishni xohlasam, o‘sha 
alfozda chiqaveraman-u, lekin keluvchining kimligini bilib, piq-piq kulishayotgan dugonala-
rim ko‘zida men ko‘ngil bergan, hatto unashilish oldida turgan qizman. Xudo o‘z jazosini 
bersin! 
Yo‘lakdan chiqayotganda ko‘zim tushgan oyna yuragimning qabziyatini beshbattar 
oshirib yubordi. Shu qadarki, dahliz bo‘sh bo‘lganda, mutlaqo ichkariga kirmagan bo‘lar-
dim. Nima qilayki, u yerda ham harakatimga ma’no beradigan begona odamlar bor. 
Nachora, bo‘lar ish bo‘ldi. Eshikni jadal ochdim-u, ichkariga o‘qday otilib kirdim. Kom-
ron deraza yonida tikka turgan ekan. To‘g‘ri oldiga borguday bo‘lsam, kim biladi, balki 
qo‘l olishib ko‘rishishga to‘g‘ri kelar; bo‘lamning xotinlarnikiga o‘xshash toza, chiroyli 
qo‘lini kir qo‘limning ranglari bilan rasvo qilib qo‘yishim mumkin. 
Ko‘zim stol ustida yana zar tasmalar bilan bir-biriga bog‘langan paketlarga tushdi. Bu-
lar menga ekanligini tushundim. Endi shovqin ko‘tarmasdan qo‘llarimdagi, lablarimdagi 
bo‘yoqlarni yosh bola tentakligi pardasi ostiga yashirishdan boshqa chora qolmagan edi. 
Qora fartugimning etaklarini ushlab, paketlar oldida chiroyli, uzun bir reverans qildim. 
Shunda barmoqlarimni bir oz bo‘lsa ham etaklarim bilan yashirish imkonini esdan
chiqarmadim; keyin paketlarga bir qator haroratli o‘pishlar yuborib, shu bahonada labla-
rimning bo‘yoqlarini ham birmuncha berkitdim. 
Komron kulib yonimga keldi. Unga ham bir oz iltifot qilish kerak edi. 
— Juda katta iltifotda bo‘libsiz, Komronbey afandim, — dedim. — Garchi shokolodlar, 
konfetlar qilig‘im haqqi bo‘lsa hamki, odam bir oz xijolat tortar ekan... Ilgarigi kungi 
qutichada bir xil konfet bor edi. Xudo xohlasa, o‘shalarning opa-singillari shu qutichalar-
dan chiqib qolsa ajab emas... Lekin haqiqiy ta’rifiga imkon yo‘q. Odam ularni og‘zida 
eritganda, yuragi ham birga erir ekan. 
Komron: 
— Bu safar yana ham qimmatliroq narsa toparsan, deb o‘ylayman, Farida, — dedi. 
Yasama bir shoshqinlik, sabrsizlik bilan u ko‘rsatgan qutichani ochdim. Ichidan ikkita 
zar qog‘ozli kitob chiqdi. Bular mavlud bayramlarida kichik bolalarga hadya qilinadigan 
rasmli ertaklar qabilidagi narsalar edi. Bo‘lam men hech anglay olmagan bir sabab bilan 
kalaka qilmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shu niyatda bu yerga ovora bo‘lib kelishi chindan 
ham uyat... Nima qilay, yo ta’zirini berib qo‘ysammikan? Hayronman, ammo o‘zimni tu-
tolmadim. Bo‘yoqli lablarimga sira yarashmagan bir jiddiyat bilan: 
— Hadyalarning hammasi uchun tashakkur bildirish kerak, — dedim. — Ijozat bersan-
giz, sizga kichik bir ogohlantirish qilsam... bir necha yil avval siz ham yosh bola edin-
giz... lekin o‘sha vaqtda ham jiddiyatingiz, og‘irligingiz bilan katta odamlarga o‘xshardin-
giz-u, harholda bola edingiz, shunday emasmi? Xudoga shukur, siz yildan-yilga o‘syap-
siz, rasmli roman qahramonlariga o‘xshash yigit bo‘lib boryapsiz-u, men nima uchun do-
imo turgan yerimda qotib turibman. 
Komron hayrat bilan ko‘zlarini olaytirdi. 
— Pardon, Farida, anglamadim, — dedi. 
— Anglamaydigan hech narsa yo‘q. Siz katta bo‘lyapsiz-u, nega men “Oltin kutubxo-
na” ertaklarini o‘qiydigan go‘dak holda qolyapman? Nega men o‘n besh yoshga kirib qol-
gan qizga qilinadigan muomalaga loyiq bo‘lmayapman? 
Komron hamon yuzimga taajjublanib qarardi. 
— Yana anglamadim, Farida? 
Uning anglamaganiga ajablanib yelkalarimni qisdim, lablarimni burdim. Lekin, to‘g‘ri-
si, nima demoqchi bo‘lganimni o‘zim ham tushunmasdim. Qilmishimga pushaymon 
yeyar, qochib ketish payini izlar edim. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin