Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
Chorasiz bir zarurat boshimga tushdi. Hazil-mutoyiba qilib: 
— Xonim afandi yana erta tegdilarmi? — deb so‘radim. 
— Qaysi xonim afandi? 
— Sizga xat yozgan xonim. Narimon xonim. 
Mehmon o‘rniga Najmiya javob berdi: 
— Voy, xabaring yo‘qmi? Qachonlariyu... Narimon bitta injenerga tekkan... Besh-olti 
oydan beri eri bilan Izmirda turadi... 
“Bu gal zora baxtli bo‘lsa, bechora...” degan tilakni men ham uchinchi marta takror-
lab, kuchukchani quchog‘imga oldim-u, tashqariga pirillab chiqib ketdim. Lekin hovuzga 
bormadim: chetanlar, bog‘ to‘siqlari ustidan sakrab o‘tib, bog‘ atrofida gir aylana boshla-
dim. 
* * *  
O‘sha yoz sayohatga chiqdim. Uzoqqa emas, Taqirdog‘iga... Ma’lumki, xudo menga 
xolalardan mo‘lroq narsa bermagan. Shulardan biri ham Taqirdog‘ida. Eri Aziz pochcham 
xolamga uylangandan beri o‘sha yerda dehqonchilik qiladi. Mujgon degan mendan uch 
yosh katta qizlari ham bor. Qarindoshlarimning bolalari ichida hammasidan ko‘proq 
o‘shani yaxshi ko‘raman. 
Mujgon xunuk qiz. Lekin men bunga parvo qilmayman. Oramizda uch yosh farq bo‘li-
shiga qaramay, men uni yoshligimdan beri katta opam o‘rnidan ko‘rib, o‘rganib qolgan-
man. Hozir farqimiz juda kamayib qolgan bo‘lsa ham, hamon unga avvalgiday qarab 
“opa” deb gapiraman. 
Mujgon opam mening tamom aksim. Men qanchalik sho‘x, qanchalik olov bo‘lsam, u 
shunchalik og‘ir, vazmin. Buning ustiga sal zug‘mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bit-
ta shuning o‘zi desam bo‘ladi. Ba’zan nasihatlariga parvo qilmay, xohishlariga qarshi 
chiqsam hamki, yana bo‘ysunishga to‘g‘ri keladi. Nega? O‘zim ham hayronman. Odam 
bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom, o‘shanga qul bo‘lib qoladi. 
Mujgon Oysha xolam bilan birga necha yilda bir marta Istambulga kelar, bir necha 
hafta chorbog‘da qolar, yo boshqa xolalarimnikida mehmon bo‘lar edi. 
O‘sha yoz Taqirdog‘idan meni chaqirib xat keldi. Oysha xolam Basima xolamga 
yozgan xatida: “Sizdan-ku umidim yo‘g‘-a, lekin Faridani yozgi kanikulida, albatta, 
yuborsangiz, hech bo‘lmasa ikki oygina turib ketsa, kutamiz. Bilasiz-ku, biz ham xola-
miz. Kelmasa, pochchasi ham, men ham, Mujgon ham juda qattiq xafa bo‘la- miz”, — 
debdi. 
Basima xolam, Najmiya Taqirdog‘ini dunyoning bir burchagida deb hisoblashar, olis 
yulduzlarga qaraganday ko‘zlarini suzishib: “Bo‘lmagan gap! Shuncha joyga qanday bo-
rib bo‘ladi?” — deb vahima qilishardi. Men yasama bir hurmat bilan huzurlarida egilib: 
— Ijozat bersalaringiz, u yerning borib bo‘lmaydigan joy emasligini isbot qilish 
zahmatini bo‘ynimga olsam, — dedim. 
Dugonalarim orasida yozgi kanikul kunlarida oilalari bilan birga sayohatga chiqadigan-
lar va qaytgandan keyin bizga og‘iz ko‘pirtirib maqtanadiganlar bo‘lardi. Demak, maktab 
ochilganda bizga ham mundoq qadni ko‘tarib gapirish imkoni tug‘iladi. 
Bulturgi sevgi savdosiga bu yil sayohat hikoyasi qo‘shilsa bormi, ajoyib dabdaba bo‘lar 
edi. Qani endi men ham portfelimni qo‘limga olsam-u, romanlarda yozilgan amerikalik 
qizlar singari yakka o‘zim kemaga tushib jo‘nab qolsam. Lekin xolalarim bu orzumni 
vahimali chinqiriq bilan qarshilab, yonimga bitta odam olmasdan yo‘lga chiqishimga rozi 
bo‘lmadilar. Shunda ham: “Qorong‘ida panjaradan dengizga qarama... Kema zinapoyala-
ridan yugurib tushma” kabi og‘ir nasihatlari bilan ta’bimni rosa tirriq qilishdi, go‘yo 
Taqirdoqqa qatnaydigan tog‘oraday paroxodning Transatlantika kemalari singari sakson 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin