Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/236
tarix12.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122180
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   236
Choliqushi (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
— Katta amakim bilan Uskudordan kelayotuvdik. Shu yerda aravamizning g‘ildiragi si-
nib qoldi. Bemahalda boshqa arava topolmadik. Chor-nochor piyoda yo‘lga tushdik. Bir 
mahal uzoqdan sizlarning chirog‘ingiz ko‘rinib qoldi. Amakim: “Bor, Farida, begona joy 
emas, bu kecha enagangnikida qo‘na qol. Men ham shu yerda, bir oshnamnikida qola-
man”, — deb aytdi. 
To‘g‘risi, to‘qigan bahonam bu sof vijdonli kishilarni osongina ishontirib qo‘ya oladigan 
o‘tkir bahona ham emasdi. Lekin kichkina xonimni bir kecha mehmon qilish ular uchun 
shu qadar katta sharaf ediki, so‘zlarimdan gumonsirashmadi. 
Bechora enagam menga solib bergan va ichlariga atir sepgan top-toza ko‘rpa-to‘shak-
larini ertalab bo‘sh, buzilmagan holda ko‘rgan zamoni oyoqlaridan mador qochgandir. 
Hechqisi yo‘q, u zamon qush allaqachon uchib, karvon o‘tib ketgan edi. 
* * * 
O‘sha kecha, enagamning uyida chiroqni o‘chirib, qorong‘ida bir reja tayyorladim. 
Javonimning burchagida qizil lentaga o‘ralgan holda sekin-sekin sarg‘ayib, yo‘q 
bo‘lishdan boshqa bir narsaga yaramaydiganday ko‘ringan diplomim o‘sha zamon 
ko‘zimga issiq ko‘rinib ketdi. Odamlar ma’qullagan ana shu qog‘oz parchasiga umid ko‘zi 
bilan tikildim. Ana shu qog‘oz bilan Anatoliya viloyatlarining birida muallimalik qila olar, 
butun hayotimni bolalar orasida shod, baxtiyor o‘tkaza bilar edim. 
Istambuldan chiqib olgunimcha Ayyubsultondagi Gulmisol xalfaning uyida yashirinish-
ga qaror berdim. Gulmisol xalfa onamning enagasi edi. Onam kuyovga chiqqanda, uni 
ham Ayyubda bir qari qorovulboshiga uzatishgan ekan. 
Onamni juda yaxshi ko‘rgani holda xolalarim bilan chiqisha olmasdi. Katta buvim tirik-
ligida ora-sira chorboqqa kelar, menga Ayyubdan rangli o‘yinchoqlar keltirar edi. Katta 
buvim o‘lgandan keyin esa xalfa butunlay kelmay qo‘ydi, xolalarim ham uni tilga olish-
maydigan bo‘ldi. Sababini bilmayman, lekin oralarida biron gap o‘tgan bo‘lsa kerak. 
Harholda, Istambulda men uchun Gulmisol xalfaning uyidan xavfsizroq joy yo‘q edi. 
Xolam miyamda shox otib borayotgan maktubimni olgandan so‘ng yig‘lashdan boshqa 
hech nima qilolmaydi. Nachora? Lekin razil o‘g‘li ham harholda inson edi. Izimni topgan-
da ham yo‘limni to‘sishga botinolmaydi. 
Ertalab borsam, xalfaning eshigi ochiq ekan. Xinaga bo‘yalgan sochlari ustidan ro‘mol 
o‘rab olib, yalang oyoqlarida yog‘och kavush bilan dahlizni yuvayotgan ekan. 
Hech nima demasdan, eshik oldida uni ancha tomosha qilib turdim. Yuzim mahkam 
yopiq bo‘lgani uchun meni taniyolmadi, nursiz moviy ko‘zlarini tikib: 
— Biron ishingiz bormidi, xonim? — deb so‘radi. 
Bir-ikki marta yutinganimdan so‘ng: 
— Enaga, meni tanimadingizmi? — dedim. 
Ovozim unga g‘alati ta’sir qildi. Hurkkanday orqaga chekildi. 
— Subhonollo! Subhonollo! — deb yubordi. — Yuzingni och-a, xonim! 
Kichkina chamadonimni ho‘l toshga qo‘yib, chorshafimni ko‘tardim. Xalfa voylab 
yubordi: 
— Voy, Guzida! Guzidam kelibdi! Oh, bolam! 
Tomirlari o‘ynab chiqqan zaif qo‘llari bilan bo‘ynimga osildi, ko‘zlaridan selday yosh 
keldi. 
— Voy, bolaginam! Voy, bolaginam! — deb chinqirar edi. 
Men bunchalik katta hayajon sababini tushundim. Odamlar meni o‘sgan sarim onam-
ga o‘xshab borayotganligimni aytishardi. Onamni hech vaqt esidan chiqarmagan bir du-
gonasi “Guzidaning xuddi yigirma yoshidagi yuzi, ovozi. Faridaning so‘zlarini yig‘lamas-
dan eshitolmayman”, deyar edi. 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin