5A110101 Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika)



Yüklə 461,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.01.2023
ölçüsü461,41 Kb.
#122191
  1   2   3   4   5
14 5A110101 Aniq va tabiiy fanlarni oqitish metodikasi matematika



 


 
5A110101 - Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika) 
magistratura mutaxassisligi uchun magistraturaga kirish sinovlari dasturi va 
baholash mezonlari 
 
Tuzuvchilar:
 
 
1. 
Umumiy matematika kafedrasi mudiri, f-m.f.f.d., 
PhD. F.O’.Sulaymonov 
2. 
Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v/b 
dots., PhD. J.B.Ergashev 
 
Taqrizchilar: Guliston davlat universiteti Oliy matematika kafedrasi 
mudiri p.f.n., dots.D.Turdiboyev 
Samarqand 
davlat 
universiteti 
dotsenti 
f.-m.f.n., 
O.Abdullayev
Dastur Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining 2021-yil 3-iyuldagi 
№ 11-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan. 


Kirish 
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tashkil etishning xalqaro 
standartlarga mos bo‘lgan samarali tizimini shakllantirish borasida yirik islohotlar 
davom etmoqda. So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj 
yuqori bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 
bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni ta’minlash, xorijiy tajribalar asosida 
oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga yangi 
pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning bosh maqsadi yoshlarning oliy 
ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari orasida 
sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bozor sharoitida raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashdan iborat. 
5110100 - matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – 
Respublikamizdagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, shuningdek 
umumiy o‘rta ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘lajak matematika fani 
o‘qituvchilariga matematika kursini ilmiy asoslarini oʻrgatish va uni samarali 
oʻqitish hamda hozirgi zamon matematikasini oʻrganish uchun yetarli matematik 
bilim, koʻnikma va malakalar shakllantirishdan iborat. 
5A110101 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv 
rejasiga asosan 4 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: «Matematik analiz», «Algebra va 
sonlar nazariyasi», «Geometriya» va «Matematika o‘qitish metodikasi» fanlaridan 
test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar negizida qamrab olingan ma’lumotlar 
quyida batafsil keltirilgan.
5A110101 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 
magistratura mutaxassisligiga kirish imtixoni test shaklida o‘tkaziladi, umumiy 
savollar soni 50 ta, shundan: 13 dan mutaxassislik (mateatik analiz, algebra va 
sonlar nazariyasi va geometriya) bo‘yicha hamda 11 ta ixtisoslik (matematika 
o;’qitish metodikasi) fanidan bo‘ladi. Har bir to’g’ri javobga 2 balldan 100 ballik 
baholash tizimida baholanadi. 

Yüklə 461,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin