ma‘noda burilish davri bo‗lganini qayd etdi. Xo‗sh, iqtisodiy o‗sishning asosiy
omillari nimada namoyon bo‗ladi?
Ma‘lumki, istiqlol arafasida respublika iqtisodiyoti o‗ta ayanchli ahvolda edi.
Sobiq ittifoq davrida O‗zbekiston bir tomonlama rivojlangan, asosan xomashyo
yetkazib berishga yo‗naltirilgan edi. Qolaversa, mamlakat ichkarisida jami talab va
takliflar o‗zaro mutanosibligi izdan chiqqandi. Oldimizda esa butun xo‗jalik
yuritish tizimini tubdan yangilash, bozor munosabatlari hukmron bo‗lgan jahon
hamjamiyatiga yuz tutishdek og‗ir vazifa turar edi. Eskicha qarashlar bunga
monelik qilar edi, albatta.
Hatto bir so‗mni ham birov bekorga bermas edi. Lekin xalqimiz mehnatsevar, har
qanday og‗ir sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‗tadi, tanti, or-nomusi
kuchli. Uning milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, islohotlar bosqichma-bosqich
va izchil amalga oshirildi. Bu davr oson kechgan emas. Tanlangan taraqqiyot
yo‗limizdan qaytarishga urinishlar, qonli tajovuzlar yodimizda. Mana shunday
og‗ir vaziyatda butun e‘tibor xalq farovonligini oshirish va yalpi ichki mahsulot
hajmini ko‗paytirishga qaratildi.
Bular, birinchi galda, iqtisodiy salohiyatimizni oshirishga zamin yaratdi. Yonilg‗i-
energetika bazasini mustahkamlab, xalq iste‘mol mollari bilan ta‘minlashni
yaxshilash, sanoatni iqtisodiy tanazzuldan olib chiqish, transport, kommunikatsiya
tizimini mustahkamlash, mavjud mineral xomashyo va mehnat resurslaridan
oqilona foydalanish, aholini ijtimoiy himoyalash kabi o‗ta hayotiy masalalarni hal
etishga xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: