Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.01.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#122350
  1   2   3
qattiq gomogen va getrogen membranali ionselektiv elektrodlar suyuq



SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI
MUSTAQIL TA`LIM
QATTIQ GOMOGEN VA GETROGEN MEMBRANALI IONSELEKTIV 
ELEKTRODLAR . SUYUQ MEMBRANALI ELEKTRODLAR . 
FERMENTLI ELEKTRODLAR .TAQQOSLASH ELEKTRODI KALOMEL 
VA KUMUSH XLORIDLI ELEKTRODLAR 


Ion-selektiv elektrodlar birikmalarning, elektroaktiv moddalarning
fizikaviy (agregat) holatiga (elektrod membranasi hosil qila oladigan) ko’ra
tasniflanadi:
I. Qattiq membranali ion-selektiv elektrodlar. Membrana gomogen bo’lishi
mumkin, ya’ni monokristall, qiyin eriydigan kristall birikmalar yoki
shishadan iborat bo’lib, ularda anionlar qo’zg’almas krisstal panjaralar hosil
qiladi yoki geterogen bo’lsa u holda elektroaktiv modda inert asosga bir tekis
tarqalgan bo’lishi mumkin.
II. Suyuq membranali ion-selektiv elektrodlar . organik moddalarni
aniqlashda elektrod membranasi organik suyuqlikdan iborat bo’lib suv bilan
aralashadi va unda elektroaktiv modda erigan ma’lum tarkibli ionli eritma
almashininsh qobiliyatiga ega.
Ion-selektiv elektrodlarni membrananing gomogen yoki geterogenligiga
qarab tasniflash nato’g’ri, chunki suyuq yoki qattiq mebranalar deyish
elektrodlarni tayyorlash usuliga bog’liq, ionlarning ta’sir mexanizmiga esa
bog’liq emas .


Membranali elektrod haqida tushuncha
• Membrana 1, ayni ionga nisbatan selektiv bo’lib, 
elektrokimyoviy yacheykaning asosini tashkil etadi va
turli ionli aktivlikka ega bo’lgan ikki 5 va 6 elektrolit
eritmalarini ajratib turadi. Membrananing ikki tomoni
orasidagi potensiallar farqi o’ziga xos eritmalarga
joylashtirilgan ikki elektrod 3va 4 yordamida
potensiometr 2 yordamida o’lchanadi. Bunday elektrodlar-
sensorlar turli tipdagi membranalarga ega bo’lib, 2-
rasmda sxematik ravishda tasvirlangan. Ichki eritma va
ichki taqqoslash elekrtodini prinsip jihatdan
membrananing bir tomoniga elektr kontaBunday
konstruksiya qattiq membranali elektrodlar uchun qulay
bo’lsada shisha membranali elekrtodlar uchun
qo’llanailmaydi.
• Bunga sabab ularning nostabilligi va temperaturaga
ta’sirchan ekanligidir.
Membranali elektrod bo’lgan
potensiometrik yacheyka sxemasi.
1-membrana; 2-potensiometr; 3-ichki 
taqqoslash elektrodi; 4-tashqi 
taqqoslash elektrodi; 5-ichki eritma; 
6-tekshiriladigan eritma.


Membranali elektrodning tuzilish sxemasi
A. shisha elektrod: 1-shisha membrana; 2-ichki taqqoClash
elektrodi; 3-shisha nay; 4-ichki taqqoClash elektrodi;
B. Gomogen qattiq memebranali elektrod: 1-gomogen qattiq
membrana; 2-ichki tqqoClash eritmasi; 3- ichki taqqoClash
elektrodi; 4-elektrod korpusi.
V. Geterogen qattiq elektrod: 1- gemogen qattiq membrana; 2-
ichki taqqoClash eritmasi; 3- ichki taqqoClash elektrodi; 4-
elektrod korpusi.
G. ,,Selektrod’’: 1-ion-sezgir sirt (,,membrana ’’); 2-grafit 
tabletka, teflon bilan gidrofoblangan; 3-zanglamaydigan 
po’latdan yasalgan kontakt; 4-teflonli nay.
D. Suyuq membranali elektrod: 1-suyuq ion-almashinuvchi
shimdirilgan g’ovak membrana; 2- ichki tqqoClash eritmasi; 3-
elektrod korpusi; 4-suyuq ion almashinuvchi; 5- ichki
taqqoClash elektrodi; 6-ichki taqqoClash eritmasi uchun
rezervuar-nay.
E. Ferment elektrod: 1- ichki taqqoClash elektrodi; 2- ichki
tqqoClash eritmasi; 3- elektrod korpusi; 4-ferment qavati


QATTIQ MEMBRANALI ELEKTRODLAR
• QATTIQ MEMBRANALI ELEKTRODLAR TURLI ION O`TKAZISH 
XUSUSIYATIGA EGA BO`LGAN BIRIKMALAR (KRISTALL 
MONOKRISTALL VA BOSHQA) DAN IBORAT. MEMBRANA ORQALI 
ZARYADNING TASHILISHIDA KRISTALL PANJARADAGI ENG KISHIK 
RADIUS VA ZARYADGA EGA BO`LGAN ION QATNASHADI . BUNDA 
BO`SHAGAN O`RINLAR ODATDA, O`LCHAMI , SHAKL ZARYADINING 
TAQSIMLANISHI MA`LUM IONGAGINA TO`G`RI KELADI, SHUNING 
UCHUN HAM ULARNI TEGISHLI HARAKATCHAN IONLAR EGALLASHI 
MUMKIN .ERITMADAGI BOSHQA IONLAR KRISTALL PANJARADA 
HARAKATLANA OLMAGANLIGI SABABLI ZARYADNING TASHILISHIDA 
QATNASHA OLMAYDI .BUNDAY ELEKTRODDA ANIQLANADIGAN 
IONDAN BOSHQA BARCHA IONLARNING HARAKATI CHEKLANADI BU 
ESA SELEKTIVLIKNI YUQORI DARAJADA TA`MINLAYDI 



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin