sezuvchanligi ularning miya ko'prigida joylashgan nerv markazida kuchli
qo'zg'alishni yuzaga keltiradi. Qo'zg'alishning vegetativ nerv sistemasi markaziga
tarqalishi ichki a'zolar ishining buzilishiga saba' bo'ladi. Buning natijasida esa bosh
aylanishi, ko'z tinishi, yurak urishi tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi,
ko'ngil aynishi va qusish, ba'zan esa hatto hushdan ketish mumkin. Muvozanat
a'zosi mutlaq chiniqmagan odam, hatto avto transportda yurganda ham unda
yuqoridagi holatlar yuz berishi mumkin. Vestibulyar analizatorni chiniqtirish
tadbirlarini yoshlikdan boshlash zarur. Bolani beshikda va belanchakda tebratish,
so'ngra velosipedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda suzish,
yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o'yinlari bilan shug'ullanish,
raqsga tushish kabilar bu a'zoni chiniqtiradi.
Dostları ilə paylaş: