Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
386
QICHISHTIRADIGAN YOKI TERINI KUYDIRADIGAN
O‘SIMLIK VA BOSHQA NARSALAR.
Gazanda - qichitqon o‘t (krapiva), qul-
moq (xmel), anjir barglari va boshqa o‘sim-
liklarga tegish teri qavarib ketishiga va qichish-
adigan toshmalar toshishiga sababchi bo‘lishi
mumkin. Ma’lum
kapalaklar qurti va boshqa
hashoratlarning suyuqligi yoki tuklari ham bun-
day reaksiyalar sababchisi bo‘lishi mumkin.
Allergiyasi bor odamlardagi toshmalar
yoki „suvli” yaralar, ma’lum narsalarni qo‘lga
olish yoki teriga qo‘yish natijasida kelib chiqishi
mumkin.
Rezina poyabzal, soat tasmasi, quloq
tomchilari va boshqa dorilar,
yuz kremlari,
attorlik mahsulotlari yoki sovunlar ham bunday
teri muammolariga olib kelishi mumkin.
Davolash:
Hamma o‘zgarishlar, ularni qo‘zg‘atadigan narsa teriga takroran
tegmasa, o‘z- o‘zidan yo‘qolib ketadi. Sulidan(ovsyanka) qilingan atala va
sovuq suv qichishishni pasaytiradi. Aspirin yoki antigistaminlar (677-bet)
ham yordam berishi mumkin. Og‘ir
hollarda, siz tarkibida kortizon yoki
kortikosteroid gormonlari bor (670-bet) (Gidrokortizon kabi) kremlardan(-
surtmalardan) ishlatishingiz mumkin. Infeksiyaning oldini olish uchun,
ta’sirlangan joylarni toza tuting.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
Dostları ilə paylaş: