Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
382
♦ Teriga yopishib turgan kanani iloji bori-
cha og‘ziga yaqinroq joyidan pinsept bilan san-
chilib turgan joyini qimching. (Shishgan
qornini
ezmaslikka harakat qiling.) Kanani asta, ammo
qattiq torting. Olingan kanaga qo‘lingizni urmang.
Uni yondirib tashlang yoki ustiga spirt tomizing.
Juda kichkina kana va burgalarni olish uchun qo‘tir (379 -bet)
xususida qilinadigan davolash usullarini ishlating. Qichishish yoki kana
chaqishidan kelib chiqqan og‘riqlarni yo‘qotish uchun, 384-betda aytilgan
usullardan foydalaning va aspirin iching.
Kanalardan saqlanish uchun dala va o‘rmonlarga ketayotganda
o‘zingizga oltingugurtdan biroz sepib oling. Ayniqsa, to‘piq, bilak,
bel va
qo‘ltiq taglariga seping.
YIRINGLI KICHIK YARALAR
Yiringli kichik yaralar, ko‘pincha hashoratlar chaqqan, tirnalgan,
shilingan joylarni kir tirnoqli qo‘llar bilan qashlashdan kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: