6-MAVZU. MARKETING STRATEGIYASINI MAVJUD VAZIYATGA MOSLASHTIRISH Reja:
1. Firma strategiyasini mavjud sharoitga koʻniktirish.
2. Yangi tarmoqlarda raqobat strategiya.
3. Yetuklik bosqichida boʻlgan tarmoqlarda raqobat strategiyasi.
4. Depsinayotgan yoki tushkunlik holatidagi korxonalar uchun strategiya.
5. Tarqoq tarmoqlarda raqobat strategiyasi.
6. Xalqaro bozorlarda raqobat strategiyasi.
7. Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlgan firmalar strategiyasi.
8. Muvaffaqiyatli ishbop strategiya ishlab chiqish uchun tavsiyalar.
1. Firma strategiyasini mavjud sharoitga koʻniktirish Firma strategiyasini mavjud sharoitga koʻniktirish vazifasi ancha murakkabdir,
chunki bunda bir kancha ichki va tashki omillarni tahlil qilish kerak boʻladi. Eng
asosiy omillarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin:
1. Tarmoq holatini va undagi raqobat shartlarini tavsiflovchi omillar.
2. Firmaning raqobat imkoniyatlarini, uning bozordagi pozitsiya va
imkoniyatlarini tavsiflovchi omillar.
Marketing strategiyasini mavjud sharoitga moslashtirishni amalga oshirish
uchun tarmoqdagi vaziyatning beshta klassik variantini va firma ahvolining uchta
klassik variantini koʻrib chiqib, namoyish etish mumkin.
Tarmoqdagi sharoit variantlari: 1. Yangi va tez usayotgan tarmoqlardagi raqobat.
2. Yetuklik bosqichida boʻlgan tarmoqlardagi raqobat.
3. Depsinayotgan yoki tushkunlik holatida boʻlgan tarmoqlardagi raqobat.
4. Tarqoq tarmoqlardagi raqobat.
5. Xalqaro bozorlardagi raqobat.
Firma ahvolining variantlari: 1. Bozordagi ilgʻorlar (yetakchilar).
2. Ikkinchi darajali oʻrinda boʻlganlar.
3. Zaif yoki raqobatda talofat koʻrgan firmalar.
2. Yangi tarmoqlarda raqobat strategiyasi Yangi tarmoq - bu «oyoqqa turish»ning ilk bosqichida boʻlgan tarmoq. Yangi
tarmoqlar strategiyani ishlab chiquvchilar oldiga alohida muammolar qoʻyadi. Ular
quyidagilar:
- yangi bozor yaxshi oʻrganilmaganligi, statistik maʼlumotlar yetarli
boʻlmaganligi uchun uning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini aniq belgilash
imkoniyati boʻlmaydi;
- nou-xaularning koʻp qismi patentlangan boʻlib, astoydil qoʻriqlanadi,
shuning uchun ulardan foydalanish imkoniyati boʻlmaydi;