O bobojonov k. Jumaniyozov


 Negizli (bazisli) tuzilishi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

4. Negizli (bazisli) tuzilishi. Moliyaviy hisob asoslangan tenglik, yani 
aktiv
=
majburiyat
+
sub’ekt egasining kapitali degan tushunchaga 
asoslanib tuziladi. Boshqaruv hisobi esa uchta har xil bo’lgan prinsiplar 
guruhiga asoslanadi, unda yagona kelib chiqishlik mavjud emas. Bir guruh 
prinsiplarga asoslanib, tayyorlangan axborotlardan ma’lum maqsadlarda 
foydalanish mumkin, agarda boshqa maqsadlar uchun ishlatilganda, u 
nafaqat kamroq naf keltirishi u yoqda tursin, balki ba’zida chalkashliklarga 
olib kelishi mumkin.
Boshqaruv hisobining har bir tizimi daromadlar, chiqimlar (xarajatlar), 
aktivlar tushunchalariga qarab ish ko’radi.
Hisobning bu tizimi ma’lumotlarning ikki turiga qarab ish ko’radi:
1.
Sodir bo’lib o’tgan xodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar.
2.
Кelgusi davrlarni baholovchi ma’lumotlar.
Birinchisi bo’lib o’tgan hodisani ro’yxatga olishni anglatsa, ikkinchisi 
– kelajakda nima bo’lishini anglatadi (taxmin qiladi). Кelajakda bo’ladigan 
hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi savol bo’yicha mo’ljal qilish 
uchun xizmat qiladi: Ishlar qanday ketayapti? Qanday muammolarga 
muhimroq e’tibor berish kerak? Кelgusi davrlarni baholovchi ma’lumotlar 
tegishli muammolarni echishda qaysi bir variant yaxshiroq bo’lishi 
mumkin degan savolga javob beradi.
5. Asosiy qoidalar. Moliyaviy hisob umumiy qabul qilingan hisobning 
asosiy prinsiplarga binoan yuritilishi kerak. Bunda tashqi foydalanuvchilar 
buxgalteriya xujjatlarining umumqabul qilingan asosiy qoidalar asosida 
tuzilganligiga amin bo’lishlari kerak. Aks holda buxgalteriya hisobining 
ma’lumotlarini to’g’ri tushinishga ishonch bo’lmaydi.
24


Tashkilotning boshqaruv xodimlari esa ichki boshqaruv hisobida 
qo’llaniladigan qoidalarning foydaliligiga qarab, hisobning har qanday 
qoidalariga ham asoslanaveradi. Boshqaruv hisobining qoidalarini 
asoslovchi asosiy omil undan naf kelishidir.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin