O bobojonov k. Jumaniyozov


Ijaraga olingan mulkning qiymati va amortizasiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

Ijaraga olingan mulkning qiymati va amortizasiyasi
AКTIVLAR
MAJBURIYATLAR
Asosiy vositalar 
boshlang’ich qiymati 
bo’yicha
3.000.000
Moliyaviy ijara 
bo’yicha qisqa 
muddatli majburiyatlar
90.000
Minus: hisoblangan 
amortizasiya
1.000.000
Asosiy vositalarning 
sof qiymati
2.000.000
Moliyaviy ijara 
bo’yicha uzoq muddatli 
majburiyatlar
270.000
* Asosiy vositalarning umumiy qiymatiga ijaraga olingan mulk 500.000 
231


so’m, yig’ilgan amortizasiyaga esa – ushbu mulkning amortizasiyasi 
140.000 so’m, kiritilgan. 
Кo’rib turibmizki, asosiy vositalar ijarasining kapitallashgan qiymati 
500.000 so’mni tashkil etadi minus 140.000 so’m, amortizasiyasi yoki 
360.000 so’m, majburiyatlar esa 90.000 so’m, qisqa muddatli va 270.000 
so’m, uzoq muddatliga bo’linadilar.
Ijara to’lovlari hisobotda moliyaviy to’lov (foizlar bo’yicha xarajatlar) 
va majburiyatlarni kamaytirish bo’yicha to’lovlarga (ijara kelishuvi 
bo’yicha to’lovlar) taqsimlanadi.
Moliyaviy to’lov ijara muddati mobaynidagi minimal ijara 
to’lovlarining summasi va boshlang’ich yozilgan majburiyat 
summalarining farqidan iboratdir. Moliyaviy to’lov ijara muddati 
mobaynida davrlar bo’yicha shunday taqsimlanadiki, har bir davrda 
majburiyatlarning qoldig’iga nisbatan doimiy daraja (stavka) saqlanib 
qolinishi kerak.
Ijaraga olingan mulkning amortizasiyasi unga bo’lgan egalik qilish 
huquqi o’tkazilgan paytda aniqlanadi. Agar egalik qilish huquqi ijarachiga 
ijara muddati tugagandan keyin o’tsa yoki bu ko’zda tutilgan bo’lsa, 
amortizasiyani hisoblash davri bo’lib, aktivning foydali ish faoliyatining 
muddati hisoblanadi. Agar egalik qilish huquqi o’tkazilmasa, 
amortizasiyani hisoblash davri bo’lib, quyidagi ikki davrdan eng qisqasi: 
ijara muddati yoki aktivning foydali ish faoliyatining muddati hisoblanadi. 
Odatda moliyaviy to’lov va hisoblangan amortizasiya summasi hisobot 
davri uchun to’langan ijara to’loviga teng emas va buning natijasida 
ijaraga olingan aktivning qiymati va u bilan bog’liq majburiyatlarning 
qiymati ijara muddatining boshlanishidan kelishilgan hamma davrlar 
uchun teng bo’lmaydi. 
Ijarachi tomonidan muomalaviy (tezkor) ijaraning hisobi.
Ijara to’lovlari bo’yicha xarajatlar tizimli (sistematik) ravishda har 
hisobot davrida (iajraga beruvchi tomonidan hisobga olinadigan 
sug’urtalash va xizmat ko’rsatish qiymatidan tashqari) moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobotda tan olinadi.
Ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijaraning hisobi.
Ijaraga beruvchi nuqtai nazaridan ijara yoki moliyaviy yoki sotuv 
shaklidagi ijara bo’lib ifodalanishi mumkin. Ijaraga beruvchi uchun 
moliyaviy ijaraga berilgan aktivlar balansda asosiy vositalar sifatida emas, 
balki ijaraga sof investisiyalarga teng bo’lgan debitorlik qarz sifatida aks 
ettiriladi. Bunday debitorlik qarzning sof qiymati minimal ijara 
232


to’lovlarining joriy diskontlangan qiymati orqali aniqlanishi kerak, ular 
kafolatlangan yoki kafolatlanmagan bo’lishidan qat’iy nazar. Ijraga 
beruvchi hisobotda ijaradan olingan foydani foizlardan tushgan foyda 
sifatida aks ettiradi. Butun foyda kapital qo’yilmalardan olingan foydadir 
deb hisoblanadi. 
Sotishlarning turi bo’yicha ijara hisobi.
Agar ishlab chiqaruvchi uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha 
mahsulotning jo’natilishini ishlab chiqarishning moliyalashtirish manbasi 
sifatida aks ettirsa, olingan foyda ikki yo’nalish bo’yicha alohida aks 
ettirilishi shart:
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish;
ijara muddati mobaynida ijara shartnomasi bo’yicha investisiyalar.
Ijara bitimi haqiqatda ijro etilganda, ya’ni ijara shartnomasi bo’yicha 
debitorlik qarzining hajmi mahsulotning realizasiya bahosiga teng bo’lsa, 
ishlab chiqarishdan olingan daromadlarni hisobga olish mumkin. Ishlab 
chiqarishdan olingan daromadlar mos keladigan diskontlash stavkasini 
ishlatgan holda minimal ijara to’lovlarning diskontlangan qiymatiga teng 
bo’lishi kerak. Lekin ushbu daraja (stavka) realizasiya bahosini hisobga 
olmasdan qo’llanilishi mumkin emas. Agarda mahsulot, ish va 
xizmatlarning sotuv narxlari mavjud bo’lmasa yoki ularni aniqlash 
mumkin bo’lmasa, ijaraga beruvchi sotuvlardan olinadigan yalpi foyda va 
foizlardan olingan foydani aniqlashda sezilarli erkin harakat qilishga 
egadir. Har qanday hisob jarayoni o’zida ijaradan olingan yalpi foydani 
ishlab chiqarish va investisiya qilish o’rtasida ixtiyoriy taqsimlashni 
ifodalaydi.
Aktivni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish.
Bu kelishuv bo’yicha firma o’zining aktivlarini boshqa tomonga sotadi va 
ushbu aktivni sotib olgan tomon ularni sotgan firmaga qaytadan ijaraga 
beradi. Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda sotiladi. Firma asbob-
uskuna qiymatini naqd pulda va ijara muddati mobaynida aktivlardan 
iqtisodiy foydalanish huquqini beradi. Mulkni qaytadan ijaraga olish sharti 
bilan sotish bo’yicha bitimlarning buxgalteriya hisobining usuli ijaraning 
turlariga bog’liqdir. 
Agar aktivlarning qaytadan ijaraga olish sharti bilan boshqa sub’ektga 
sotilishi uning moliyalashtirilgan ijarasi hisoblansa, unda bunday bitim 
ijaraga beruvchi aktivlarni kafolat o’rnida ishlatib qiymatidan oshgan 
qismini olingan foyda deb hisoblash maqsadga muvofiq kelmaydi. Bunday 
ortiqcha qism, agar tan olingan bo’lsa, muddati uzaytiriladi va ijaraning 
muddati mobaynida foydaga olib boriladi.
233


Agar mulkning qayta ijaraga olish sharti bilan sotilishi muomalaviy 
ijara hisoblansa, hamda ijara haqlari va realizasiya narxi haqqoniy qiymat 
bo’yicha belgilansa, demak oddiy sotuv sodir bo’lgan va har qanday foyda 
yoki zarar shu zaxoti tan olinadi.
Agarda mulkning realizasiya narxi haqqoniy qiymatdan past bo’lsa, har 
qanday foyda yoki zarar shu zaxoti tan olinadi, bozor qiymatidan past 
narxlar bo’yicha ko’rilgan zararning kelgusi ijara to’lovlar bilan qoplanishi 
bunga kirmaydi. Bu holda ushbu to’lovlarning muddati uzaytiriladi va u 
ushbu aktiv ishlatiladigan vaqt davri mobaynida qilinadigan to’lovlarga 
mutanosib (proporsional) ravishda foyda yoki zararga olib boriladi.
Agar realizasiya bahosi haqqoniy qiymatdan yuqori bo’lsa, haqqoniy 
qiymatdan oshgan qismining muddati uzaytiriladi va ushbu aktivning 
ishlatiladigan muddati mobaynida hisobdan chiqariladi.
Agarda bitim vaqtida haqqoniy qiymat balans qiymatidan kamroq 
bo’lsa, balans qiymati va haqqoniy qiymat o’rtasidagi summaga teng 
bo’lgan zarar summasi shu zaxoti tan olinadi.
Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish bo’yicha kelishuvlar bilar 
shug’ullanadigan ijaraga beruvchilar: sug’urta kompaniyalar va boshqa har 
xil investorlar, moliyaviy kompaniyalar va mustaqil lizing kompaniyalari 
hisoblanadilar.
Ijara kelishuvi bo’yicha aktivlarni sotib olish.
Bevosita ijara haqidagi kelishuv bo’yicha kompaniya aktivlarni 
foydalanishga oladi, agarda bungacha u ushbu aktivlarga ega bo’lmagan 
bo’lsa. Asosiy ijaraga beruvchilar – ishlab chiqaruvchilar, moliyaviy 
kompaniyalar, banklar, mustaqil va xususiylashtirilgan ijara kompaniyalari 
va jamoalar hisoblandi.
Кreditdan foydalanish yordamida ijaraga olish (kreditli ijara).
Ushbu muomalada ko’rsatilgan 2 tomondan farqli ravishda kreditli ijara 
muomalasi amalga oshirilayotganda 3 tomon ishtirok etadi:
1.
Ijarachi, ya’ni ushbu aktivdan ma’lum haq evaziga foydalanuvchi 
shaxs;
2.
Ijaraga beruvchi yoki ulushlik ishtirokchi – mulkning to’liq yoki 
qisman egasi;
3.
Кreditor mulk egasiga yoki ijaradorga vaqtincha mulkning qiymatini 
qarz sifatida beruvchi shaxs.
Ijarachi nuqtai nazaridan kreditli ijara va boshqa turdagi ijaralar 
o’rtasida hech qanday farq yo’q. Ijaraga beruvchi (ijarachi) esa aktivlarni 
ijara kelishuvi shartlari bo’yicha sotib oladi va bu xaridni qisman 
investisiyadagi o’z ulushidan to’laydi, aytaylik 20% (bu erda «ulushli 
234


ishtirokchi» degan sub’ekt paydo bo’lgan). Qolgan 80% uzoq muddatli 
kreditor yoki kreditorlar tomonidan to’lanadi. Asosan kreditlar (qarzlar) 
aktivlarning garovi, ijara va ijara haqi to’g’risidagi kelishuv orqali 
ta’minlanadi. Ijaraga beruvchi qarzdor hisoblanadi. Aktivlarning egasi 
sifatida ijaraga beruvchi bu xildagi aktivlar bilan bog’liq hamma 
to’lovlarni ushlab qolish huquqiga ega.
Erni ijaraga olish.
Odatda erni ijaraga olish muomalaviy ijaradir, chunki erning ishlatish 
muddati chegaralanmagan. Agarda ijara sotib olish yoki erga egalik qilish 
huquqini berishni ko’zda tutsa, unda bunday muomala mohiyati bo’yicha 
muddatini uzaytirib sotish deb hisoblanadi va bunday ijara 
kapitalizasiyalashtirilishi lozim. Agar ijaraga olingan mulkning bozor 
qiymatining tarkibida erning narxi 25% dan past miqdorni tashkil qilsa, 
ushbu muomala mashina va asbob-uskuna ijarasi sifatida qaraladi. Agar 
ijaraga olingan mulkning bozor qiymatining tarkibida erning narxi 25% dan 
ko’proq miqdorda bo’lsa, unda erning ijarasi alohida hisobga olinadi.
Ijaraning ustunliklari.
Ijara pul mablag’lari bilan bog’liq muammolarni hal qilishi mumkin, 
chunki bu holda ijaraga olingan aktiv qiymatining 100%igacha 
moliyalashtirilishi mumkin. Bank kreditlari odatda aktiv qiymatining 80 % 
bilan chegaralandi. Xuddi shuningdek ijara kelishuvida qayd qilingan 
foizning darajasi stavkasi to’g’risida kelishish mumkin, bank kreditlari 
uchun esa suzuvchi (o’zgaruvchan) foizning darajasi (stavkalari) 
xarakterlidir.
Ijara bitimlarini muomalaviy (operasion) ijara sifatida tuzish mumkin, 
bu ijarachiga qarz chegaralari mavjud bo’lganda, balansdan tashqari 
bo’lgan hisobotni moliyalashtirishga yo’l ochadi.
Ishga tushirilishi uzoq muddatga to’xtab turishlarga ega bo’lgan 
uskunalarni tayyorlashga buyurtma berishdan ko’ra, foydalanishga tayyor 
bo’lgan uskunani ijaraga olish qulaydir.
Ba’zida aktivlarga faqat vaqtincha, mavsumiy yoki birlamchi talab 
bo’ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo’lgan aktivlarga egalik 
qilish noqulay bo’lgan muammolarini yo’q qilishga yordam beradi.
Egalik qilishga nisbatan qisqa muddat ichida aktivlarning ijarasi 
ijarachiga yangi mahsulotlarning va yuqori texnologik asbob-uskunaning 
eskirishidan «muhofaza» qilishga imkoniyat beradi.
Ijaraning kamchiliklari.
Ijaraga olingan aktivlar qiymatining 100% moliyalashtirilishi 
shuningdek pul ko’rinishidagi yuqori darajadagi foizlarni anglatadi. 
235


Mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo’lgan paytda topish mumkin 
bo’ladi deb kafolat berib bo’lmaydi. Undan tashqari, chegaralangan ijara 
foizining stavkalari (darajasini) belgilanishi mumkin.
Qisqa muddatli ijara asbob-uskunaning bekor turib eskirishidan himoya 
qilishi mumkin, ammo qisqa muddatli ijaraning ijara haqi odatda uzoqroq 
muddatli ijaraning ijara haqidan baland bo’ladi (ijaraga beruvchi mumkin 
bo’lgan eskirish tavakkalchiligini (riskini) qoplaydi).
Uzoq muddatli ijarada belgilangan ijara darajasi (stavka) ijaraga 
beruvchi – kreditorning foiz darajasi (stavkasi) ko’tarilganda, zararlar 
tavakkalchiligiga (riskiga) boshlaydi.
Yoritish.
Ijarachilarning moliyaviy hisobotlarida quyidagi ma’lumotlarni yoritish 
zarur: 
a) moliyaviy ijara shartlarida ijaraga olingan aktivlarning qiymati – 
balansni topishrishning har bir sanasiga;
b) ushbu ijaraga olingan aktivlar bo’yicha majburiyatlar – boshqa 
majburiyatlardan alohida joriy va uzoq muddatli majburiyatlar orasidagi 
differensiya orqali;
v) moliyalashtirilgan ijara va muddati bir yildan uzoq muddatda bekor 
qilinmaydigan muomalaviy ijara bo’yicha minimal to’lovlar bo’yicha 
majburiyatlar – to’lovlarning summasi va muddatlarini ko’rsatgan holda; 
ijarani tiklashning har qanday yangi imkoniyatlarining xususiyati yoki 
sotib olinishi, hamda ijara to’lovining ko’payishini nazarda tutgan 
shartnomaning moddalari to’g’risidagi ma’lumotlar;
g) ijara shartnomasi bo’yicha moliyaviy cheklashlar – qo’shimcha kredit 
va qarzlarni yoki keyingi ijarani olishga cheklanishlar;
d) kutilmagan hodisalarga bog’liq har qanday ijara to’lovlarining 
xususiyati;
e) ijaraning oxirida bo’ladigan sarflar bilan bog’liq bo’lmagan 
kutilmagan xodisalar bilan bog’liq har qanday majburiyatning xususiyati.
Ijaraga beruvchilarning moliyaviy hisobotlarida ma’lumotlarni ochib 
berish. 
Ijaraga beruvchilarning moliyaviy hisobotlarida quyidagi ma’lumotlar 
va tartiblarni ochib berish lozim:
a) moliyaviy ijaraga qilingan yalpi investisiyalar, hamda ular bilan 
bog’liq moliyaviy daromad va ijaraga olingan aktivlarning 
kafolatlanmagan qoldiq qiymati;
b) olingan daromadni taqsimlash jarayonida ishlatiladigan usul, ya’ni 
taqsimlash tartibi;
236


v) muomalaviy ijaraga berilgan aktivning qiymati va u bilan bog’liq har 
bir aktivning guruhiga oid balans hisobotining har sanasiga hisoblangan 
amortizasiya to’lovlar.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin