O bobojonov k. Jumaniyozov


Nomoddiy aktivlarni baholash



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/214
tarix30.01.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#122739
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma

5.10. Nomoddiy aktivlarni baholash.
Nomoddiy aktivlar xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblangan 
uzoq muddatli aktivlarining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi, chunki 
sub’ekt o’z vaqtida ushbu aktivlarni ishlatish hisobidan daromad olish 
uchun xarajat qilgan.
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar asosiy vositalarga o’xshab 
ta’rif (tasnif)ga ega, ya’ni ular sub’ekt tomonidan foydalanish uchun 
saqlanadi, uzoq muddatli asosda ishlatilish maqsadida olinadi va oddiy 
faoliyat jarayonida sotilish uchun mo’ljallanmagan bo’ladi.
Nomodiy aktivlar o’zining bajaradigan vazifasi va boshqa asosiy 
xususiyatlari bilan asosiy vositalarga o’xshaydi, shuning uchun ham uzoq 
muddatli aktivlar guruhida joylashgan, lekin jismoniy mazmunga va 
ko’rinishga ega emas.
Nomoddiy aktivlar quyidagi talablarga javob beradigan aktivlar bo’lishi 
kerak:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatida faol foydalaniladi, 
investisiya sifatida saqlanmasligi va sotish uchun olinmasligi lozim;
joriy hisobot davri tugagandan keyin naf keltirishi lozim;
hamma vaqt moddiy mohiyatga ega bo’lavermaydi.
Nomoddiy aktivlarning qiymati muomalaviy, moliyaviy yoki foizli 
daromad keltiradigan imtiyozlar yoki ishbilarmonlik huquqlari majmuasi 
sifatida aks ettiriladi va unga gudvillar, patentlar, mualliflik huquqi, savdo 
markasi kiradi.
Ushbu aktivlarning boshlang’ich qiymati asosiy vositalarning qiymati 
singari davriy amortizasiya ko’rinishida belgilangan tartibda xarajatlarning 
markaziga qo’shilib boriladi.
Quyidagi nomoddiy aktivlar ko’proq tarqalgan: patentlar, mualliflik 
huquqlari, franshizalar, savdo markalari, dasturlar, tashkiliy xarajatlar, 
qoldirilgan xarajatlar va gudvil.
Nomoddiy aktivlar quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:
1.
Olish usuli. Nomoddiy aktivlar boshqa sub’ektdan sotib olinishi 
mumkin. Masalan, ishlab chiqilgan va boshqa firma tomonidan 
registrasiya qilingan (ro’yxatga olingan) franshizalar yoki patentlar.
242


2.
O’xshashlik (aynan tenglashtirishlik). Ayrim nomoddiy aktivlar 
firmaning boshqa aktivlaridan alohida ajratilishi mumkin. Masalan: 
patentlar, savdo markalari va franshizalar. Lekin boshqa nomoddiy 
aktivlarning alohida ajratilishi mumkin emas, aksincha, ularning bahosi 
firmaning boshqa aktivlari bilan o’zaro uyushgan holda chiqariladi. 
Masalan: mijozlarning ishonchi yoki xodimlarning malakasi darajasida 
asoslangan gudvil.
3.
Almashish. Sotiladigan yoki sotib olish mumkin bo’lgan alohida 
tenglashtirilgan nomoddiy aktivlar almashtirishga loyiq, masalan: patentlar, 
franshizalar yoki savdo markalari. Boshqa nomoddiy aktivlar alohida 
tenglashtirilgan bo’lib, faqat firmaning sotilishi jarayonida almashtirilishi 
mumkin. Masalan: tashkiliy xarajatlari, gudvil alohida tenglashtirilmagan, 
almashtirishga loyiq bo’lmagan va bir vaqtda boshqa aktivlarni olmay turib 
qabul qilinmaydigan nomoddiy aktivalarga misol bo’lib xizmat qiladi.
4.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin