Nomoddiy aktivning amortizasiyasi asosan yilning oxiriga
korrektirovka (tuzatish) yozuvi bilan bog’liq. Amortizasiyaga loyiq deb
topilgan summa amortizasiya bo’yicha xarajatlarning debetiga (ushbu
aktiv qaerda ishlatilgan bo’lsa) va nomoddiy aktivlarning eskirishi
schyotining bevosita kreditiga yoziladi.
Aktivlarning xizmat muddatlari bir yildan byosh yilgacha o’rnatiladi
(agar boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa). Asosiy shartlardan biri
o’rnatilgan maksimal muddati, ishlatilishi sharti bilan berilgan sub’ektning
faoliyat muddati hisoblanadi. Masalan: agar sub’ekt uch yil faoliyat
ko’rsatsa, bunda nomoddiy aktivning ishlatilish muddati ham 3 yil, agarda
5 yil bo’lsa, 5 yil, agarda 5 yildan ko’proq bo’lsa, unda bu aktivning
ishlatish muddati 5 yil ("Xarajatlarning tarkibi haqidagi Nizom", 1.4.2.m).
Ishlatilish muddati texnologik jarayonlar va faoliyatning ko’rinishlari
asosida o’rnatiladi.
Almashtirishga loyiq nomoddiy aktivlar – bu firmalarning bu kabi
aktivlaridan alohida identifikasiya qilinadigan va alohida sotilishi mumkin
bo’lgan nomoddiy aktivlardir. Masalan: patentlar, mualliflik huquqlari,
franshizalar va savdo markalari (lekin tashkiliy xarajatlar emas). Ular
egallanishi yoki firma ichida ishlab chiqarilishi mumkin.
Sub’ektning faoliyatida ko’proq uchrab turadigan almashtirishga loyiq
bo’lgan ayrim nomoddiy aktivlar quyida keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: