xizmat muddatidan kelib chiqqan holda belgilangan me’yorlar asosida xar
oyda hisoblab chiqiladi. Foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni
bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish 5 yil muddat (sub’ekt
faoliyatidan ortiqcha muddatda bo’lmagan holda) hisobida belgilangan.
Nomoddiy aktivlarga amortizasiyani quyidagi usullar bo’yicha hisoblash
mumkin:
to’g’ri chiziqli yoki teng ravishda;
ishlab chiqarish birliklarining miqdori asosida;
kamayib boruvchi qoldiq usulida.
Har bir hisobot davrining oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat
davrini qayta ko’rib chiqish zarur. Agarda bashorat (prognoz) dastlabki
baholashdan farq qilsa joriy va kelgusi davrlar uchun hisoblanadigan
amortizasiya summasini oshirish yoki kamaytirish zarur. Bu schyotlar
tartibga solib turuvchi schyotlar deb hisoblanadi, uning kreditida ishlatish
davrida xarajatlarning badal summasi aks etadi, debeti bo’yicha esa chiqib
ketgan aktivlarning eskirish summasi aks etadi. Ushbu eskirish summasi
ob’ektlarning xarajatlariga qo’shilgan bo’ladi: 2010-"Asosiy ishlab
chiqarish", 2310-"Yordamchi ishlab chiqarish", 2500-"Umum ishlab
chiqarish xarajatlari", 9410, 9420, 9430-"Davr sarflari" va "Xizmat
qiluvchi xo’jaliklar", 3100-"Кelgusi davr xarajatlari" va boshqa
schyotlarning debetida qayd qilinadi.
Dostları ilə paylaş: