sotuvga yoki ijaraga berishga mo’ljallangan kompyuterning dasturiy
ta’minotini ishlatishga ketgan hamma sarflar ITIga ketgan sarflar
hisoblanadi va kapitalga aylantirilishi kerak bo’ladi.
originallarning texnik sinovi (OTS)ni o’tkazish uchun tayyorlangan
original mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan sarflar kapitalga
aylantirilishi kerak. Bu sarflarga OTS o’tkazish uchun tekshirish va
kodlashtirish kiradi.
Ishlov berishga ketgan sarflarni kapitalga aylantirishni boshlashdagi hal
qiluvchi payt bu OTS o’tkazilgandan keyingi payt hisoblanadi. OTS agar
rejalashtirish, ishlov berish, kodlash va tekshirish amalga oshirilgan bo’lsa
ushbu xulosaga muvofiq mahsulotni ishlab chiqarish uchun o’tkaziladi.
Agar dasturga to’liq ishlov berish tugatilgan bo’lsa, OTS ham tugatilgan
hisoblanadi. Lekin, agarda dastur ta’minotini takomillashtirish o’z ichiga
bunday ishlov berishni olmasa, mahsulotning ish modeli tugatilgan bo’lsa,
OTS tugatilgan hisoblanadi.
Original xujjatlardan va o’qitadigan materiallardan ishlab chiqarilgan
dastur ta’minotiga ketgan harajatlar va taqsimlanish uchun materiallarni
qo’lda o’rash va joylash uchun ketgan sarflar ishlab chiqarish chiqimlari
hisoblanadi. Bu sarflar, agarda sotuvdan kelgan foyda tan olinsa,
inventarizasiyaga oid va realizasiya qilingan dastur ta’minotining
qiymatiga taalluqli hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: