mumkin. Ushbu tabiiy boyliklarning hisobini yuritish juda qiyin, chunki
quyidagi muammolar mavjud:
ushbu tabiiy resurslardan foydalanishni amalga oshirish jarayonida
ularning qiymatini aniqlash tartibini belgilash;
ushbu aniqlangan qiymatni amortizasiya ko’rinishida moliyaviy
natija to’g’risida hisobotga qayd qilish.
Tabiiy resurslarning qiymatini aniqlash jarayoni eng avvalo uning
qiymatini aks ettirish uchun qaysi sarflarni va qancha miqdorda nomoddiy
aktivlarga kapitallashtirish lozimligini aniq belgilashni taqozo qiladi.
Кeyingi muammo esa ushbu qiymatning hisobdan chiqarilish tartibidir,
ya’ni amortizasiya darajasini belgilashdir. Hisobot davrida sarflangan
tabiiy resurslarning qiymati ularning kamayishini bildiradi.
Кamayish uchun asos bu ushbu resurslarni qazib olish jarayonida
amortizasiya ko’rinishida qiymatiga qo’shish uchun oldindan nomoddiy
aktiv sifatida ushbu summani kapitallashtirishdir. Ushbu summa, ya’ni
kapitallashtirilgan qiymat ushbu boylikdan foydalanish jarayoni
tugamaguncha qoplanmaydi. qoldiq qiymat esa aktivning kamayish asosini
aniqlashga ta’sir qiladi. Qiymatning ijobiy qoldig’i (chunki u ijobiy eki
salbiy qoldiq bo’lishi mumkin) aktivning kamayish asosini
hisoblayotganda kapitallashtirilgan qiymatdan chegiriladi.
Tugatilayotgan ob’ektni tayyorlash bilan bog’liq har qanday xarajat
ushbu kamayishning asosiga qo’shiladi.
Ushbu er usti va er ostidagi tabiiy boyliklarni tekshirish jarayonidagi
sarflangan xarajatlar – qidiruv va parmalash ishlari, agarda ular aktiv
ko’rinishiga ega deb hisoblansa, nomoddiy aktivlar qiymatiga qo’shiladi.
Shuning uchun ham sub’ektlar ushbu qidiruv va parmalash ishlari bo’yicha
sarflarni hisobga olishning maxsus usulini qo’llaydilarki, ushbu sarflar
tegishli tabiiy resurslarning turlariga taalluqligining mutanosibligini
ta’minlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: