Hozirgi paytda barcha mamlaktlarda buxgalteriya hisobi birinchi nav-
batda balanslashtirish prinsipiga tayanadi.
Ma’lumki, buxgalteriya balansi hisobni mustaqil yuritadigan har bir
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir vaqtga bo’lgan moliyaviy
ahvolini pul ifodasida aks ettiradi.
Moliyaviy ahvol deganda kompaniyaning ma’lum bir davrga mavjud
bo’lgan iqtisodiy resurslarini shu kompaniyaning barcha kapitaliga
(solishtirib) qarshi qo’yilishi tushuniladi. Bunda iqtisodiyot hamma kapi-
talga teng bo’ladi. Har bir kompaniyaning ikki turdagi kapitali bo’ladi: o’z
kapitali va jalb qilingan kreditorlik qarzlar. Shunday qilib iqtisodiy
resurslar – jalb qilingan kapital, majburiyatlar va umuman kapitallardir.
Buxgalteriya hisobidagi atamalarga binoan iqtisodiy resurslarga aktiv
sifatida, kreditorlik qarzlari esa passiv sifatida qaraladi. Lekin bizning
mamlakatimizda passiv deganda ham o’z mablag’larining manbalari,
hamda jalb qilingan mablag’larning manbalari (birgalikda) tushuniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan boshqa mamlakatlarda esa passiv deganda
faqat kreditorlik qarz tushuniladi. Shuning uchun ushbu mamlakatlarda bu
tenglik quyidagicha ifodalansa:
Dostları ilə paylaş: